So’nggi yangiliklar

21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  0 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  4 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0

O'FAda “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tdi

Teglar :  Bolalar futboliO'FA
Bugun 15 may kuni O'zbekiston futbol associaciyasining suniy qoplamali maydonlarida umumtalim maktablarining 2009 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar hamda 2007 yilda tug'ilgan o'quvchi qizlar o'rtasida OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tdi.

Festival davomida yosh ishtirokchilar maydonda o'zlarining mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar guruhlarga bo'linib, har bir guruhga alohida murabbiy tayinlandi. So'ngra har bir guruh o'ziga ajratilgan maxsus jihozlangan joylarga borib, murabbiylari bilan birgalikda estafeta, to'p muomalasi, to'pni qo'lda o'ynash, yugurish hamda to'p nazorati bo'yicha  mashg'ulotlar o'tkazishdi.

Futbol festivali davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbolning sir-asrorlari bilan tanishtirishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlariga hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.

Tadbir so'ngida ishtrokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi doirasida butun dunyo bo'ylab “Futbol va do'stlik” kuni nishonlanayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Butun dunyo bolalari va ularning ota-onalari ushbu bayram munosabati bilan o'tkaziladigan futbol bilan bog'liq turli tadbirlarda qatnashyaptilar.

Toshkentda “Futbol va do'stlik” kuni OFKning “Bolalar ommaviy futboli kuni”ga bag'ishlangan futbol festivali doirasida o'tkazildi.

Ushbu futbol festivalida “Futbol do'stlik uchun – 2018” dasturining O'zbekistondagi yosh elchilari — “Bundyokor” futbol maktabining o'quvchisi, darvozabon Muslim Abdumannopov hamda yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etdilar.

Tadbir so'nggida yosh elchi hamda jurnalist festival davomida tanishgan ko'plab do'stlarining hamda O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq azolari Zayniddin Tojiev va Eldar Magdeevning qo'llariga do'stlik bog'ichlarini taqib qo'ydilar.


Eslatib o'tish joizki, “Futbol do'stlik uchun” bolalar ijtimoiy loyihasi “Gazprom”ning “Gazprom - bolalarga” dasturi doirasida tashkillashtiriladi. Ushbu loyihaning maqsadi – bolalar futbolini rivojlantirish, bag'rikenglik tuyg'usini shakllantirish, turli mamlakat yoshlari o'rtasida do'stlik o'rnatishdir. Ishtirokchilar targ'ib qiladigan asosiy qadriyatlar – do'stlik, tenglik, adolat, sihat-salomatlik, tinchlik, sadoqat, g'alaba va urf-odatlardir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика