So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

O'FAda klublar vakillari va komissarlarning qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda klublar vakillari va komissarlarning qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Superligasi hamda Pro-ligasi doirasidagi uchrashuvlarning yuqori darajada tashkil etilishini taminlash maqsadida bugun O'zbekiston futbol associaciyasi majlislar zalida klublar vakillari hamda PFL tomonidan o'yinlarga komissar sifatida tayinlanadigan masullarning qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zPFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev, O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov hamda O'zPFL sport bo'limi boshlig'i Bahodir Mirzaev Superliga hamda Pro-liga doirasidagi o'yinlarning tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o'tkazilishi uchun zarur talablar haqida malumot berib, o'z navbatida ayrim uchrashuvlar davomida yuzaga kelgan bir qator kamchiliklarni qanday bartaraf etish mumkinligi xususida so'z yuritishdi. Qolaversa, klublar vakillari o'yinning tashkiliy masalalari bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Xususan, uchrashuvning yuqori saviyada o'tishi uchun masul deya tayinlanadigan komissarlarning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar muhokama qilindi. Klublar vakillari hamda komissarlarning uchrashuv vaqtida o'zaro hamjihatlikda ish olib borib, Superliga hamda Pro-liga doirasidagi o'yinlarning talab darajasida o'tkazilishini taminlashlari zarurligi etirof etildi.

Bir qator klublar vakillari komissarlar ishini yanada yaxshiroq yo'lga qo'yish va o'yin atrofidagi tashkiliy masalalarni yanada yaxshilash bo'yicha o'z takliflarini bildirishdi. Yig'ilish yakunida O'zPFL va klublar mavsumning qolgan ikkinchi qismini ham munosib o'tkazib, o'yin va uning atrofidagi tadbirlarni o'zaro hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha kelishib olishdi.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика