So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

O'FAda "Football Marketing Asia" kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o'tkazildi Yangiliklar

O'FAda "Football Marketing Asia" kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o'tkazildi

Xabaringiz bor, O'zbekiston so'nggi yillarda Osiyo miqyosidagi bir nechta nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda.

"Ushbu turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish va teletranslyaciya qilish muhim jarayon bo'lib, mazkur sohalarni rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Bugun O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va OFKning translyaciyalar bo'yicha hamkori hisoblangan "Football Marketing Asia" kompaniyasining direktori Patrik Myorfi bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy o'tgan muloqotda keyingi yilda yurtimiz maydonlarida o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarning translyaciya masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Patrik Myorfi media, marketing, chempionatlarni efirga uzatish masalasi, texnologiyalar, tasvirga olish standartlari, shuningdek, homiylarni jalb qilish xususida o'z tavsiyalarini berib o'tdi. 

Suhbat davomida O'FA va FMA o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov Patrik Myorfiga O'zbekiston futbol associaciyasining esdalik sovg'alarini topshirdi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика