So’nggi yangiliklar

19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  0 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  4 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  23 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  49 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  5 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  4 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5

O'FA rahbariyati Olimpiada oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati Olimpiada oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi

Teglar :  O'zbekiston U-23
Bir necha kunlardan so'ng Franciyada 4 yillikning nufuzli musobaqasi - Olimpiada o'yinlari start oladi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun ushbu muhim turnir oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O'FA, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirok etdi. Jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, Olimpiadani butun xalqimiz, xususan, Prezidentimiz ham katta qiziqish bilan kuzatib borishi aytib o'tildi. O'zbek futboli tarixida ilk bora Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilishi katta voqea ekanligi, biroq galdagi muhim vazifa — ushbu musobaqada munosib ishtirok etgan holda medallar uchun kurashish zarurligi takidlandi. 


"Yoshlik bu — imkoniyat. Sizlarni butun xalqimiz kuzatib turibdi. Bor kuch-g'ayratingizni ishga solib, munosib ishtirok etishingizga ishonamiz",- dedi O'FA prezidenti Abdusalom Azizov. 

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga  futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirish ko'rsatmasi berdi.

Uchrashuv yakunida ushbu masuliyatli turnir oldidan jamoaga yana bir bor omad tiladilar.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика