O'FA "Olimpik" klubidagi maoshlar muammosi bo'yicha bayonot berdi
25 fev 00:40
Yangiliklar
O'FA "Olimpik" klubidagi maoshlar muammosi bo'yicha bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Olimpik" jamoasi futbolchilari va murabbiylarining oylik maoshlari berilmayotgani haqidagi videomurojaati keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi o'z munosabatini bildirdi.
O'FA vaziyatni nazoratga oldi
Tashkilot "Olimpik" klubi azolarining maosh bilan bog'liq videomurojaatini diqqat bilan o'rganib chiqayotganini malum qildi. Qayd etilishicha, O'zbekiston futbol associaciyasi futbolchilar va murabbiylarning huquqlarini doimo qo'llab-quvvatlaydi.
Keyingi qadamlar qanday?
Klub azolarining qonuniy talablari belgilangan tartibda va adolatli ko'rib chiqiladi. Jarayonning borishi va uning yakuniy natijalari yuzasidan tez kunlarda jamoatchilikka qo'shimcha malumot taqdim etilishi takidlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar