So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  0 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  8 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  0 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  7 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  18 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  1 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  63 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  12 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  49 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  78

Yil yakunlariga atalgan O'FA Kongressi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Yil yakunlariga atalgan O'FA Kongressi bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol associaciyasi anjumanlar zalida O'FA Kongressi o'tkazildi.

YANGILASH



14:59. "Yilning eng yaxshi futbolchisi"

CSKA va O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.


14:56. "Yilning eng yaxshi murabbiyi"

Ilk marotaba Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.


14:55. “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi etakchisi Diyora Habibullaeva — “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb topildi.



14:54. “Ayollar futboli bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi”

Sevinch jamoasi bilan birgalikda joriy mavsum chempionat g'olibligini qo'lga kiritgan Vladislav Xan — “Ayollar futboli bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.



14:53. “Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi”

Sevinch klubi etakchi futbolchisi Maftuna SHoimova — “Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi” sifatida etirof etildi.


14:52. “Ayollar Oliy ligasi to'purari”

Ushbu mavsumda ayollar chempionatida 41 ta gol kiritib, eng yaxshi to'purarga aylangan "Sevinch" jamoasi futbolchisi Lyudmila Karachikka sovrin topshirildi


14:51. “Yilning eng yaxshi futzalchisi”

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi etakchisi Husniddin Nishonov — “Yilning eng yaxshi futzalchisi” deb topildi.


14:50. “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi”

Joriy mavsumda jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston chempionati va kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan Nodir Eliboev —  “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” deb topildi.


14:49. “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” — Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona")


14:48. “Bolalar futboli bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi”

O'FA birinchiligi musobaqalari ikki karra g'olibi, o'smirlar terma jamoasiga 8 nafar futbolchi etkazib bergan Paxtakor akademiyasi murabbiyi Bobur Abdurahmonovga — “Bolalar futboli bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrini topshirildi.


14:47. FIFA Futzal Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazishdagi hissasi uchun mezbon shaharlar — Toshkent, Buxoro va Andijon associaciyalari etirof etildi.


14:45. Joriy yilda turli terma jamoalarimiz faoliyati va futbol musobaqalarini yoritishda faollik ko'rsatgani uchun bir qator OAV vakillari taqdirlandi. Ularning safida "Championat.asia" bosh muharriri Narzulla Saydullaev ham taqdirlandi.



Joriy yilda futbolni rivojlantirish va qator nufuzli musobaqalarni o'tkazishdagi ko'rsatgan ko'magi va qo'llab-quvvatlagani uchun hamkor tashkilotlarga “Samarali hamkorlik ramzi” sovrini topshirildi.



“Yilning eng yaxshi ayol hakami”

Bu yil bir nechta xalqaro o'yinlarda faoliyat olib borgan va O'zbekiston kubogi final uchrashuvini yuqori saviyada o'tkazgan referi Gulshoda Saidqulovaga — “Yilning eng yaxshi ayol hakami” sovrini topshirildi.


“Yilning eng yaxshi hakami”

O'tgan mavsum davomida bir nechta xalqaro o'yinlarga tayinlov olgan, xususan, Parijda o'tgan Olimpiadaning 4 ta uchrashuvida faoliyat olib borgan, OCHL final uchrashuvida ishlagan Ilgiz Tantashev — “Yilning eng yaxshi hakami” sifatida etirof etildi.


“Fidoyilik ramzi”

58 yil davomida Buxoro viloyati bolalar va o'smirlar futbolida jonkuyarlik bilan ishlab, minglab yosh futbolchilarni tarbiyalagan, klublar va terma jamoalarga istedodlarni etishtirib chiqargan faxriy — Ibrohim SHaripovga “Fidoyilik ramzi” sovrini topshirildi.



"Futbolimiz nuroniysi"

Futbolimiz faxriysi, murabbiy sifatida 5 karra O'zbekiston chempioni, 9 karra kumush medali sohibi, 2 karra O'zbekiston kubogi g'olibi, Farg'onaning Neftchi jamoasi afsonasi, ayni kunlarda muborak 77 yoshni qarshi olgan Yuriy Sarkisyanga “Futbolimiz nuroniysi” sovrini topshirildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика