So’nggi yangiliklar

20:15"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  1 20:05Суперлига. "Навбаҳор" - "Сўғдиёна" 1:1 (матнли трансляция)  23 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  1 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  7 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  0 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  14 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  9 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4

O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari Farg'ona va Namanganda bo'ldilar Yangiliklar

O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari Farg'ona va Namanganda bo'ldilar

Xabaringiz bor, Respublikada bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida O'FAda yangidan tashkil qilingan Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari vodiyda bo'ldilar.

Andijondan keyingi safar Farg'ona va Namangan viloyatlariga amalga oshirildi. Safardan maqsad, har bir viloyatda o'z birinchiligini yo'lga qo'yish. Bu 2002-2005 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqa bo'lib, har yakshanba kuni tur o'yini bo'lib o'tadigan chempionat tizimidir.

Bahrom Xolmirzaev boshqaruvidagi Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchilardan bo'lib vodiyda viloyat birinchiligini yo'lga qo'yganganligini etirof etish kerak. Ayni paytda 2002-03, 2004-05, 2006-07 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida uy-safar ko'rinishidagi viloyat chempionati davom etayapti.

Xuddi shunday tartibdagi chempionatlar Respublikaning qolgan viloyatlarida ham amalga oshirilishi lozim bo'ladi. Bu borada Farg'ona futbol federaciyasida boshqarma bilan hamkorlikda ish rejasi ishlab chiqildi. Rejaga ko'ra Farg'ona viloyati quyidagi zonalarga bo'linadi.

1-hudud. Farg'ona Quvasoy shaharlari, Farg'ona, Quva va So'x tumanlari.
2-hudud. Marg'ilon shahar, Qo'shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlari.
3-hudud. Qo'qon shahar, Beshariq, Dang'ara, O'zbekiston va Furqat tumanlari.
4-hudud. Buvayda, Bog'dod, Uchko'prik, Rishton va Oltiariq tumanlari.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика