So’nggi yangiliklar

08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  0 07:56Гвардиола Ҳусановни жароҳат олганини тасдиқлади  2 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  26 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  9 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  21 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1

O'FA eng yaxshilar qatoriga nega Jasur Yaxshiboevni qo'shmadi? Yangiliklar

O'FA eng yaxshilar qatoriga nega Jasur Yaxshiboevni qo'shmadi?

O'zbekiston futbol associaciyasi 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlarni elon qildi.

Qizig'i shundaki, nomzodlar orasida Belarus chempionatida to'p tepayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev yo'q. SHu o'rinda eng yaxshi bo'lishga nomzodlarni keltirib o'tsak: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Eldor SHomurodov ("Jenoa"), Igor Sergeev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") va Oybek Bozorov ("Nasaf"). 

Albatta, bizning ro'yxatda nomi keltirilgan ftubolchilarga etirozimiz yo'q, chunki ular ham bu mavsum ko'p mehnat qilishdi. Biroq Jasur Yaxshiboev ham ro'yxatdan joy olishga haqli edi.

Nima uchun? Birinchidan, Yaxshiboev yil boshida "Energetik-BGU" safiga yo'l olib, bir davra ushbu jamoada harakat qildi va birinchi davraning eng yaxshi to'purari bo'ldi. O'shandayoq u haqda belaruslik jurnalistlar Jasur - haqiqiy topilma, u - kashfiyot deb yoza boshlashdi. 

Ikkinchi davrada o'z jamoasini almashtirib, Soligorskning "SHaxtyor" klubiga o'tgan Yaxshiboev yakunda mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. SHuningdek, to'purarlar poygasida 16ta gol bilan ikkinchi bo'ldi. 

Bizningcha, uning UEFAga azo mamlakatda chempion bo'lgani hamda to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egallaganiyoq O'zbekistonda eng yaxshilardan biri bo'lishga asos bo'la oladi. Qolaversa yil yakunida Belarus futbol federaciyasi tomonidan aynan Jasur Yaxshiboev eng foydali futbolchi deb topildi. 

Bu o'rinda yana bir masala bor. Esingizdami, karantin juda avjiga chiqqan bir paytda hech qaerda futbol o'ynalmayotgandi. Lekin birgina Belarusda chempionat davom etdi va hammamiz faqat Yaxshiboevni kuzatishga o'tdik. Buni ham yoddan chiqarmaslik zarur.

Xullas, mana shu sabablar tufayli ham Yaxshiboev O'FA tomonidan etirof etilishga loyiq edi, har holda u SHomurodov va ro'yxatdagi boshqalardan kam mehnat qilgani yo'q. 

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика