So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  0 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

O'FA: 2018 yil Osiyo chempioni bo'lgan Husniddin G'ofurov aslida 1995 yilda tug'ilgan va haqiqiy ismi Anvarjon ekan Yangiliklar

O'FA: 2018 yil Osiyo chempioni bo'lgan Husniddin G'ofurov aslida 1995 yilda tug'ilgan va haqiqiy ismi Anvarjon ekan

Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'li ishi bo'yicha qaror chiqardi.

O'zbekiston futbolchilari uyushmasining O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasiga yuborgan xatiga muvofiq futbolchi – G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'lining haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyasi bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirilishi bilan bog'liq masala ko'rib chiqilgan.

Qo'mita yig'ilishida futbolchi G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'lining vakili sifatida O'zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi K.Murzoev futbolchi haqiqatda ham bundan bir necha yillar avval, ayrim o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli o'zining malumotlarini, aniqrog'i pasportdagi ismi va familiyasini ukasi – G'ofurov Husniddin Xusanboy o'g'li nomiga rasmiylashtirgani va aynan ushbu ism va familiya ostida faoliyatini davom ettirganini takidlab o'tdi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona viloyat Buvayda tuman sudining 2020 yil 3 mart kunidagi hukmiga ko'ra G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'lini ukasi G'ofurov Husniddin Xusanboy o'g'li bilan bir-birlarining shaxsiy malumotlari va ism-familiyalarini almashtirgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasportlari belgilangan tartibda yo'q qilinib, ularning haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyalari bo'yicha fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilishi taminlangan.

Qo'mita ushbu vaziyatni o'rganish davomida, futbolchi haqiqatda ham bunga o'zi istamagan holda o'sha vaqt faoliyatini boshlagan murabbiylari va ota-onasi qistovi bilan rozilik bergan degan xulosaga keldi.

Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi futbolchini o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli hujjatlarini ukasining shaxsiy malumotlari asosida rasmiylashtirgani, bu vaziyatdan chiqish uchun yordam so'rab murojaat qilayotgani, uning futboldagi iqtidor va qobiliyatini inobatga olgan holda uning o'ziga tegishli shaxsiy malumotlari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishni hamda G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'liga jarima intizomiy jazo chorasini qo'llash masalasini ko'rib chiqishni O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasiga havola etishni lozim topdi.

Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi tomonidan G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'liga uning haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyasi asosida rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti bo'yicha imzolangan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazilishiga ruxsat berish to'g'risida qaror qabul qilingan. SHuningdek, mazkur qaror nusxasi G'ofurov Anvarjon Husanboy o'g'liga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo'llash masalasini ko'rib chiqish uchun O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasiga taqdim etilishi belgilandi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.  

Malumot uchun, Anvarjon G'ofurov bu yil "Neftchi" safida 1995 yil sifatida ro'yxatdan o'tgan. Ushbu futbolchi 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida 1997 yilgi futbolchi bo'lib ishtirok etgan va yakunda Osiyo chempioni bo'lgandi. 


Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика