So’nggi yangiliklar

08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  1 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  15 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  19 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  111 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   25 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   13 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0

"OF": "Alan SHirer" va yapon futboli afsonasi (2-son) Yangiliklar

"OF": "Alan SHirer" va yapon futboli afsonasi (2-son)

Osiyo futboliga bag'ishlangan loyihamizning 2-sonida Yaponiya va Xitoy terma jamoalari tarixidagi eng yaxshi to'purarlarga to'xtalishga qaror qildik.

Xao Xaydun

1970 yilda tug'ilgan sobiq futbolchi 1992-2004 yillarda Xitoy milliy terma jamoasi sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilgan. Faoliyatining asosiy qismi mahalliy "Bai" (1986-96) va "Dalyan Vanda" (1996-05) klublarida o'tdi.

Xitoy futbolining barcha zamonlardagi eng yaxshi hujumchisi, deya etirof etiladigan Xaoning xalqaro maydonlardagi o'yinlari terma jamoaning muvaffaqiyatlariga salmoqli hissa qo'shgan. Jumladan, 2002 yilgi mundial yo'llanmasi qo'lga kiritilishi va 2004 yilgi Osiyo kubogida sovrindorlar qatoridan o'rin olinishida uning xizmatlari beqiyos bo'lgan.

Yuqoridagi suratda Xao bilan to'p uchun kurashayotgan futbolchini tanidingizmi?

Faoliyati oxirlab borayotgan Xaydun 2005 yilda xorijda o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi. U Angliya chempionati 2-divizioni vakili "SHeffild Yunayted" tarkibiga borib qo'shilgandi. Etiborli jihati shundaki, 35 yoshli forvardning transferi futbol tarixidagi rekor summa evaziga amalga oshirilgan - 1 funt. Biroq, 1 funtlik futbolchining "Tumanli Albion"dagi ishlari yurishmadi. U jarohat oldi va asosan klub akademiyasida ishladi."Xitoylik Alan SHirer" 2007 yil futbolchilik faoliyatini yakunladi.

U o'zining chiroyli uzatmalari va gol sezish qobiliyati bilan mashhur edi. Xitoy termasida 107 o'yin o'tkazib, 41 ta gol urgan Xao Xaydun mamlakat bosh jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Quyida "Alan SHirer"ning "OCHL-2003"da urgan gollarini tomosha qilishingiz mumkin.

Kunishige Kamamoto

1944 yilda tug'ilgan sobiq futbolchi 1964-77 yillarda Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida faqat bitta professional klub - "Yanmar Dizel"da o'ynadi. Mazkur jamoadagi 17 yillik faoliyatida 251 ta o'yin o'tkazgan Kamamoto raqiblar darvozasiga 202 bor yo'l topishni uddalagan.

Kunishige to'purarlik borasida Yaponiya terma jamoasi rekordchisi hisoblanadi. "Ko'k samuraylar" tarkibida 76 bahsda maydonga tushgan futbolchi 75 ta golga mualliflik qilgan. U 40 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Ortda qolgan yillar mobaynida Kunishige Kamamotoning natijasiga eng yaqin kelgan Kazuyoshi Miura bo'ldi. Uning hisobida 55 gol bor.


Malumot uchun, bu yil 53 yoshni qarshilagan Miura katta futboldagi faoliyatini hamon davom ettirmoqda. Balki, keyingi gal aynan u haqida material tayyorlarmiz.  Sizda ham takliflar bo'lsa, marhamat yozib qoldiring.

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son) 

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика