So’nggi yangiliklar

14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  3 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  2 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  71 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  12 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  11 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6

Odilbek Hamrobekovning otasi: "Farzandlarimiz bunday imkoniyatlarni qadriga etishi shart" Yangiliklar

Odilbek Hamrobekovning otasi: "Farzandlarimiz bunday imkoniyatlarni qadriga etishi shart"

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyadan O'zbekistonga qaytib keldi. Yoshlarimizni ota-onalari, yaqinlari ,muxlislar va OAVlari kutib oldi.
Kutib olishda Odilbek Hamrobekovni otasining taassurotlari bilan qiziqdik.

"Biz ham barcha ota-onalar cingari har bir o'yinni juda ham hayajon bilan kuzatib bordik. Mana shunday tinch , osuda va ulkan imkoniyatlar zamonida yashayotgan bola buni qadriga etishi shart. Avvalo biz ham yurtboshimizga, O'zbekiston futbol federaciyasiga va futbolchilarimizni barcha murabbiylariga minnatdorchilik bildiramiz. Bu natijalarning barchasi ularning mehnatidir"

"Yigitlarni hammasi qo'lidan kelgunicha harakat qilishdi. Bundan keyin mana shu yoshlarning hammasiga Olimpiya chempionlari, jahon chempionati ishtirokchilari bo'lib yurish nasib qilishini tilab qolamiz"

"Odilni o'yinlaridan taassurotlarim juda yaxshi. CHiroyli o'yin ko'rsatdi. Har bir o'yinlarni intiqlik bilan kutib , har bir lahzasini hayajonda tomosha qildik. Umuman hamma futbolchi ajoyib o'yinlar ko'rsatdi deya olaman. Yurtimiz muxlislarini xursand qilishdi va bundan keyin ham xursand qilishadi deb o'ylayman"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика