So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  13 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  1 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Odil Ahmedov va Toshkent shahar chempionati Yangiliklar

Odil Ahmedov va Toshkent shahar chempionati

Toshkent shahar futbol Associaciyasining matbuot xizmati o'z paytida poytaxt ligasida to'p tepgan, keyinchalik mashhurlikka erishgan futbolchilar bilan suhbat uyushtirishni boshladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, hozirda Xitoyda faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov 13 yoshida Toshkentga ko'chib kelgan. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, birinchilardan hozirgi Respublika Olimpiya zaxiralari Kollejiga o'qishga kirgan. Bu haqda u shunday xotirlaydi:


- Internatda Bahodir aka Karimov va Grigory Kolosovskiy qo'l ostida katta bo'ldik. Kolosovskiy endi ish o'rganayotgan murabbiylardan edi. Bahodir akani esa tajribasi katta bo'lib, u kishidan ko'p narsa oldik.

Bevosita shahar chempionatiga to'xtalsam, bu bolalar o'rtasidagi eng zo'r chempionat. Katta futbol ostonasida, har yakshanba bo'ladigan bu musobaqa bizning faoliyatimizda katta o'rin tutgan. Biz yakshanbani har qanday bayramdan ko'proq kutar edik.

Internat va raqiblar haqida

Legionerlikka aynan internatda o'qish orqali ko'nikkanmiz. Yosh bolamiz, uyimizdan ancha uzoqda. Hozirga o'xshab bir deganda etib olib bo'lmaydi. Sog'inch kuchli bo'lardi. Lekin mehnat qilishimiz kerakligini yaxshi tushunganmiz. Undan tashqari, u erdagi muhit juda alo darajada bo'lgan. Keyinchalik O'zbekiston terma jamoasida muxlislar mehrini qozongan ko'pchilik bilan birga istiqomat qilardik.

Raqiblarimiz ham kuchli edi. “Paxtakor“, “Sergeli“, “Traktor“, “CHig'atoy“ kabi komandalar bo'lardi. Anzur Ismoilov, Farhod Tojiev, Aziz Haydarov. “Sergeli“ darvozasini Lobanov qo'riqlardi. Yana ko'pchilik keyinchalik o'ynab ketishdi.



SHu fursatdan foydalanib, Toshkent shahar chempionatida to'p tepayotgan yosh ukalarimga omad tilayman. Sizlarga ham, bizning yo'limizni berib, MTJda sharafini munosib himoya qilishingizni tilayman.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика