So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Odil Ahmedov o'zi bilan birga o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi Yangiliklar

Odil Ahmedov o'zi bilan birga o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi

21 asrda Osiyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sanalgan Odil Ahmedov faoliyati davomida olti karra O'zbekistonning “eng yaxshi futbolchisi” deb etirof etildi.

SHuningdek, Xitoy va Rossiya chempionatlari sovrinlarni qo'lga kiritdi. SHu vaqtga qadar u ko'plab yulduzlar Halk, Roberto Karlos, Samuel Eto`O kabi futbolchilar bilan bir jamoada to'p tepdi. 15 yillik faoliyatidagi, aniqrog'i “Paxtakor”,”Anji”, “Krasnodar”, “SHanxay-SIPG” klublarida birga o'ynagan, xalqaro tajribasi katta futbolchilardan foydalangan holda orzular terma jamoasini tuzdi.


“Dikan bilan “Krasnodar”da birga o'ynaganman. U Ukraina terma jamoasi azosi hisoblanadi. Moskvaning “Spartak” jamoasida ham ajoyib o'yinlar o'tkazgan. 

Jirkov va Eshchenko Rossiya futbolining yorqin futbolchilaridan biri. Bu ikki mahoratli futbolchi bilan “Anji”da muvaffaqiyatli harakat qilganmiz. Yillar davomida ular yuqori saviyada o'yin ko'rsatib kelishmoqda. 

Grankvist esa shved futbolining afsonasi “Krasnodar”ning muhim futbolchisi sifatida gavdalanadi. 

Dahshatli yarim himoya triosidan o'rin olgan Oskarni barcha kuchli futbolchi deb o'ylashi aniq. Demak, izohga hojat yo'q. SHirokov ham sobiq jamoadoshim. U o'yinni yaxshi o'qiydi. Maydonni va futbolchilarni yaxshi ko'ra oladi. 

Hujum chizig'i ko'zni qamashtirishi aniq. Unda haqiqiy yulduzlar joy olgan. Halk va Villian men ko'rgan eng aqlli futbolchilar toifasiga kiradi. Ular shunchaki dahshatli futbolchilar.

Eto`O maydonda va uning tashqarisida etakchilardan biri edi. “Anji”da birga to'p tepganimizda jamoaga ko'p yordami tegardi. Ammo, ko'pchilik uni “Barselona” va “Inter”dagi faoliyati orqali tanishadi. Geynrix haqida nima deyishim mumkin? U o'zbek futbolchilari orasidagi eng aqlli hujumchi. SHuning uchun ularni orzular terma jamoasiga kiritdim. Bosh murabbiy sifatida Andre Villash-Boashni tanladim”, - dedi Ahmedov OFK rasmiy saytiga.



Odil Ahmedovning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Andrey Dikan
Himoyachilar: Yuriy Jirkov, Andreas Grankvist, Andrey Eshchenko
Yarim himoyachilar: Lassana Diarra, Oskar, Roman SHirokov
Vingerlar: Villian, Halk
Hujumchilar: Samuel Eto`O, Aleksandr Geynrix

Bosh murabbiy: Andre Villash Boash 



Abdulaziz Iskandarov tarjimasi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика