So’nggi yangiliklar

04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  0 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  21 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  0 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1

Odil Ahmedov: “O'tgan yili jarohat tufayli o'z o'yinimni ko'rsata olmayotgan edim” Yangiliklar

Odil Ahmedov: “O'tgan yili jarohat tufayli o'z o'yinimni ko'rsata olmayotgan edim”

Bu yilgi Ahmedov, bir yil avvalgisidan ancha farq qilyapti. Albatta bu terma jamoa bosh murabbiyining ham quvontirayotgan bo'lsa ajab emas, boisi Osiyo Kubogiga ikki oydan sal ko'proq vaqt qoldi xolos.
–   BAAga qarshi o'yinga tayyogarlik boshlab yuborildi, tiklanish jarayoni qay darajada ketyapti?
–   Bahrayn bilan o'yinning ertasiga Abu Dabiga yo'l oldik, bir kun avval o'yin bo'lganligi uchun plyajda tiklanish mashqlarini bajardik, u erdagi qumli maydonda futbol o'ynab, aslida qumda to'p tepish biroz og'ir hisoblandi, lekin biz uchun bo'ldi. BAAga jiddiy etibor qaratishmiz kerak, ularga qarshi doimo qiyin o'yin bo'lib kelgan, undan tashqari bu BAAning eng kuchli avlodi deb bilaman. Bu terma jamoa ancha yillardan berish shakllanib kelyapti, JCH va Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishganligi, so'zim isboti bo'la oladi. Bu o'yinda bor etibor faqat va faqat g'alabaga qaratiladi.

–   Dastlabki ikkita o'yin bo'lib o'tdi, birinchisida ishtirok eta olmadingiz, ikkinchisi esa durang bilan tugadi...
–   Ha, birinchi o'yindagi natija qoniqarsiz bo'ldi, ammo biz o'yin borasida oqsadik deb aytmagan bo'lar edim. Qatar bilan o'ynagan futbolchilarning ko'pchiligi Koreyadan qaytganiga ko'p bo'lmasdan yana safarga chiqqan edilar. Bu ular uchun jiddiy sinov bo'ldi deb o'ylayman, muhimi o'yinni shakllantirish. Natija haqida Osiyo Kubogida o'ylashimiz kerak. Bahrayn bilan ham bir qator uslublarni sinab ko'rdik, masalan burchak zarbasidan keyin bittamiz uzoqroqdan to'pni qabul qilib yakuniy zarbani berishimiz mumkin edi. Mashg'ulotlarda o'ylaganlarimizni o'yinda sinash imkoniyati bo'layotganligi yaxshi. Bahrayn bilan o'yin tizginini boshidan qo'lga olishga harakat qildik, gol urishga kelganda yoki tajriba, yoki sovuqqonlik etishmayaptikanga o'xshaydi.

–   Nima uchun har bir o'yindagi ritm ushlanib qolinmayapti, Har bir o'yin har xil?
–   Toshkentdagi o'yinlarimiz yaxshi chiqishi sababi avvalo muxlislarimiz oldida to'p tepishimiz va o'zimizga mos muhit. Istagancha futbolchilarni aldab o'tishingiz ham mukmkin, bu erda esa biroz boshqacharoq, ko'p yugurish imokniyatiga ega emasmiz, shuning uchun to'pni tezroq jamoadoshingizga etkazishga majbur bo'lasiz.

–   Yangi Zelandiya bilan eng yaxshi o'yinlaringizdan birini o'tkazdingiz...

–   Raqibga ham bog'liq, ular evropacha o'yin qiladilar, bunday jamoalarga qarshi o'ynash qiziq.  Yana o'z ampluamda harakat qilayotganim foyda beryapti. “Anji”da jarohat oldim, bazan zaxirada o'tirdim, bu esa terma jamoaga o'z tasirini o'tkazdi. Xudoga shukur, bu yil ishlarim yaxshi  ketyapti, klubda doimiy o'ynayapman, Evropa Ligasida oddiy o'yinlar bo'lmaydi, qolaversa klubdagi joyim ham terma jamoaga mos tushyapti.

–   Osiyo Kubogiga ham oz qoldi, avvalgisiga oliy liga futbolchisi sifatida borgan edingiz, bu safar esa Rossiya premer-ligasidan...
–   Albatta rasmiy o'yinlarning foydasi katta. Menimcha bu safar yanada yaxshiroq harakat qilamiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика