So’nggi yangiliklar

21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:0 (матнли трансляция)  11 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0

Odil Ahmedov: Maydonda nomlar emas futbolchilar harakat qilishadi Yangiliklar

Odil Ahmedov: Maydonda nomlar emas futbolchilar harakat qilishadi

Milliy jamoamiz Seul shahrida Janubiy Koreya termasiga qanday qarshilik ko'rsatadi? Tabiiyki, bo'lajak o'yinga qiziqish juda yuqori. Bunga guruhdagi ayni holatni sabab sifatida ko'rsatish mumkin.

Lekin har bir turdan so'ng umumiy vaziyat tamomila o'zgarib ketishi hech gap emas. Qolaversa, jamoamizning koreyalik futbolchilar bilan alohida hisob-kitoblari bor. Umidvormizki, vakillarimiz koreyslarga qarshi uchrashuvlarga bog'liq barcha noxush ana­nalarga nihoyat, barham berishadi. Biz muhim o'yin oldidan terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovdan eksklyuziv intervyu oldik.

- Odil, oldinda jamoamizni o'ta masulitli o'yin kutib turibdi. Uchrashuv ikki tomon uchun ham birdek muhim. Terma jamoa sardori sifatida shaxsan siz Seuldagi uchrashuvdan nimalarni kutyapsiz?


- Albatta, ijobiy natija. SHunga yarasha, tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ha, o'yinning ahamiyati yuqori. SHaxsan men yaxshi natija bilan qaytishga ishonyapman. To'g'ri, oson bo'lmaydi. Lekin ilojsiz ishning o'zi yo'q. SHu kungacha Koreya maydonida o'tkazilgan o'yin­larga bog'liq statistikamiz juda pastligini bilaman. Deylik, u erda biror marta g'alaba qozonmaganmiz. Demak, ushbu yoqimsiz holatni buzishga harakat qilamiz.

- Sizningcha, koreyaliklarni nimaning evaziga mag'lub etish mumkin?


- Birinchi galda, ishonch kerak. Teng kuchli jamoalar o'yinida aynan ishonch ruhi birinchi o'ringa chiqadi. Ruhiy tomonlama yaxshi shaylanish ham muhim. Jamoamizdagi har bir futbolchi o'z imkoniyati darajasida o'ynasa, o'ylaymanki, maqsadga erishamiz. Zero, futbol - jamoaviy o'yin.

- Janubiy Koreya termasi ixtiyo­rida Evropaning ko'zga ko'ringan klublarida yorqin o'yin namoyish etayotgan legionerlar bor. Qolaversa, uchrashuv o'z bag'riga 60 ming­dan ko'p muxlisni sig'diradigan muhtasham stadionda bo'lib o'tadi. Bu holatlar futbolchilarimizga qo'shimcha bosim yuklamasmikan?


- Ayonki, maydonda nomlar emas, futbolchilar harakat qilishadi. Har­qalay, yulduzli tarkib doim ham g'alabani kafolatlamaydi. O'yinga qaysi jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rsa, o'sha muvaffaqiyatga erishadi. Stadiondagi muhitga kelsak, bu katta muammo tug'dirmasa kerak. Axir bunday arenada birinchi marta o'ynamaymiz. Maydonga tushganingizdan keyin chetdagi voqeliklar uchun ko'zingiz ko'r,  qulog'ingiz kar bo'lishi shart.

- Agar g'alaba qozonsak, asosiy raqiblarimizdan biri hisoblangan koreyslardan 5 ochkoga o'zib ketamiz, aks holda...


- Nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar ham bu holatni tushunib turishibdi. Ochkosiz qaytishga aslo haqqimiz yo'q. Har bir futbolchi 6 ochkolik o'yindek qaraladigan bunday uchrashuvlarda masu­liyatni ikki hissa oshirishi kerak.

- Bundan 4 yil avvalgi JCH saralash bosqichida ham J.Koreya termasi bilan o'ynagandik. O'sha jamoa va hozirgisi o'rtasida farq bormi?

- O'ziga yarasha o'zgarish yo'q emas. Masalan, bu galgi saralash  bahslari avvalgilariga qaraganda, qiziqarliroq tus olyapti. Qaysidir manoda biroz kutilmagan natijalar ham kuzatilyapti. Xususan, koreyslar 4ta o'yinda 5 ochko yo'qotishdi. Osiyoda futbol jadal suratlar bilan o'sib boryapti. Lekin umumiy olganda, Koreya futboli hamisha o'z ananalariga sodiq qolgan.

- Endi klubingiz haqida: Toshkentga kelishingizdan avval Vadim Afoninning jamoasi - Orenburg bilan o'z maydoning­larda durang o'ynadinglar...


- Biz 3ta musobaqada ishtirok etyapmiz. Bu har qanday jamoa uchun oson emas. Har 2-3 kunda o'ynashga to'g'ri kelyapti. Boz ustiga, uzoq parvozlar toliqtirib qo'yadi. Menimcha, Orenburg bilan o'yinda charchoq alomatlari sezilib qoldi. O'yinlarga tiklanish oson kechmayapti.

- Krasnodarning ELda guruhdan chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Hammasi o'z qo'limizda. Guruh doirasidagi qolgan 2ta o'yinda g'alaba qozonsak, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика