Ochoa: "Biz jang qilishga va o'zimizni ko'rsatishga tayyormiz"
25 noy 2022 18:18
Yangiliklar
Ochoa: "Biz jang qilishga va o'zimizni ko'rsatishga tayyormiz"
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Falonchiga qarshi o'ynashni xohlamayman, chunki bu juda qiyin" yoki "Men bu jamoa bilan o'ynashni xohlamayman, ular juda kuchli", deb shikoyat qila boshlashlari menga yoqmaydi. Aksincha, Jahon chempionatida Argentinaga qarshi o'ynashni istayman. Men bu o'yinda yaxshi natija ko'rsatmoqchiman. Biz ularni mag'lub etishga intilamiz.
Messi – sehrgar. U hech narsa qila olmasligi va keyin birdan uchrashuvning borishini o'zgartirib, gol urib ketishi mumkin. Bu qiziqarli va qiyin o'yin bo'ladi. Biz jang qilishga va o'zimizni ko'rsatishga tayyormiz. Ha, bu oson bo'lmaydi, lekin Jahon chempionatida tarixning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Messiga qarshi o'ynashdan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin", – dedi meksikalik posbon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar