So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  24 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

OCHLda “Al Jazira” darvozasini ishg'ol qilgan Suhrob Berdiev 30 yoshda Yangiliklar

OCHLda “Al Jazira” darvozasini ishg'ol qilgan Suhrob Berdiev 30 yoshda

Bugun “Qo'qon-1912” jamoasining tajribali va maxoratli futbolchisi Suhrob Berdiev tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Yurtimizda “Lokomotiv”, “Sug'diyona”, AGMK, “SHo'rtan”, “Paxtakor”, “Qo'qon-1912” jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi 30 yoshni qarshi oldi. Muxlislarga malumki 2016 yil “sherlar” safida bir davra to'p tepgan o'yinchi bir qator muhim gollarga mualliflik qilgan. Ayniqsa, Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichining so'ngi turida Toshkentda “Al Jazira” darvozasiga gol urgan va unda “Paxtakor” 3:0 hisobidagi g'alabani nishonlagandi. 

Ikkinchi davrada No'mon Hasanovning taklifi bilan Qo'qonga yo'l olgan futbolchi tez orada mahalliy ishqibozlarning mehrini qozona oldi. Mazkur klubdagi ajoyib o'yinlari sabab 2017 yil Samvel Babayan murabbiyligidagi milliy terma jamoaga chaqirildi va Turkiyadagi yig'inda ishtirok etdi. 

O'tgan mavsumda jamoa mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolganiga qaramasdan o'zining sodiqligini va jamoaga yordamini ayamadi. 2019 yilgi Superliga bahslarida 24 o'yinda maydonga tushdi va olti bor raqib posbonlarini ranjitishga erishdi. Natijada jamoa to'purarlar poygasida Murod Holmuhammedovdan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Joriy yilda qo'qonliklarga ustozlik qilayotgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdiga ishonishda davom etmoqda. 



Akramjon Mamadaliev (“Qo'qon-1912” jamoasi matbuot va marketing bo'limi boshlig'i): - Suhrob Berdiev jamoamizning eng sodiq o'yinchilaridan biri. SHu paytgacha nechta murabbiy, futbolchilar kelib ketdi. Lekin, Suhrob jamoamizda qoldi. Unga boshqa klublardan ham takliflar bo'ldi. U hozirda “Qo'qon-1912”ning almashtirib bo'lmas o'yinchisiga aylangan. Maydonga tushganda haqiqiy jangchiga aylanadi. Uydami yoki safardami doim borini berib o'ynaydi. Mag'lubiyatni hazm qila olmaydigan, nohaqlikka qarab turmaydigan futbolchi. Yana bir ijobiy jihati matbuotdan va muxlislar bilan gaplashishdan qochmaydi. Ko'pchilik futbolchilar mag'lubiyatga uchragandan so'ng intervyu berishni yoqtirishmaydi. Berdiev Qo'qondagi faoliyati davomida muxlislar, murabbiylar, rahbarlarni qalbidan joy olib ulgurdi. Suhrobjonni bugungi tavallud ayyomi bilan o'zim nomimdan hamda ko'p sonli muxlislarimiz nomidan tabriklayman!

Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi): - Bugun jamoamizning ajoyib xarakterga ega futbolchisi Suhrob aka Berdievning tug'ilgan kunlari. Fursatdan foydalanib chin qalbimdan tabriklayman. Farzandlarini baxtiga sog' va salomat bo'lsinlar. Betakror gollari va driblinglari bilan ishqibozlarni xursand qilishda davom etsinlar. Mana uch yildirki Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Suhrob Berdiev bilan bir jamoada o'ynab kelmoqdamiz. Bular men uchun o'z akamdek bo'lib qolgan. Suhrob aka ularni orasida engilmas harakteri bilan ajralib turadi. SHu hususiyatlarini saqlab qolgan holda terma jamomizda o'ynashlarini tilab qolaman.

Saytimiz xodimlari nomidan Suhrob Berdievga sog'lik salomatlik va faoliyatida omadlar tilab qolamiz.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика