So’nggi yangiliklar

13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  6 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  7 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0

OCHL. So'nggi turdagi g'alaba "Lokomotiv"ni pley-offga olib chiqadi, "Nasaf"ni esa yo'q Yangiliklar

OCHL. So'nggi turdagi g'alaba "Lokomotiv"ni pley-offga olib chiqadi, "Nasaf"ni esa yo'q

O'zbekiston klublari Osiyo chempionlar ligasida 5-tur bahslarini o'tkazib bo'lishdi.

Qarshida "Nasaf" Eronning "Persepolis" klubi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. "Lokomotiv" esa kecha BAAda "Al Vahda"ni tor-mor etib qaytdi.

So'nggi tur oldidan klublarimizning imkoniyatlari haqida to'xtalib o'tamiz.

Afsuski o'z uyida g'alaba qozona olmagan "Nasaf"ning guruhda qolib ketishi aniq bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari hisobida ayni paytda 7 ochko bor. So'nggi turda jamoamiz "Al Vasl"ni har qanday hisobda mag'lub etsa ham keyingi bosqchiga chiqa olmaydi. Sababi "Nasaf" g'alaba qozonsa va Eron klubi oxirgi turda "Al Sadd"ga yutqazsa "Persepolis"ga etib oladi.

Osiyo chempionlar ligasi reglamentiga ko'ra ochkolar teng kelib qolganda birinchi navbatda o'zaro o'yinlarga etibor qilinadi. "Nasaf" "Persepolis"ga safarda yutqazgan (0:3) va o'z maydonida durang o'ynadi (0:0). SHu sababli "ajdarlar" uchun 6-tur uchrashuvi rasmiyatchilikka aylandi. Lekin bu bilan "Nasaf"ga natija muhim emas deyish noo'rin. Sababi klub O'zbekiston sharafini himoya qilmoqda va har qanday ochko navbatdagi yillar uchun yurtimiz klublariga kvota ajratishiga tasir qiladi. Bundan tashqari jamoa o'z muxlislari uchun ham g'alaba qozonishi kerak. SHunday ekan "Nasaf"dan so'nggi turda ham g'alaba kutamiz.


"Lokomotiv" esa ajoyib g'alabadan so'ng keyingi bosqichga chiqish imkoniyatni yaxshilab oldi. Bunda Qatarning "Al Duhail" klubi ham "Loko"ga "yordam" berib yubordi. Sababi o'tgan turdayoq keyingi bosqichga chiqib bo'lgan "Al Duhail" kecha Eronda "Zob Ohan"ni mag'lub etdi.

SHu tariqa, oxirgi turdan oldin "Lokomotiv" va "Zob Ohan" hisobida bir xil 6tadan ochko bor. Bu degani "Lokomotiv" 17 aprel kuni o'z maydonida "Zob Ohan"ni istalgan hisob bilan mag'lub etsa keyingi bosqichga chiqadi. Durang esa Eron klubini qoniqtiradi.

Qizig'i, "Nasaf" 10 ochko bilan ham guruhdan chiqa olmaydi, "Lokomotiv"ga esa 9 ochko guruhdan chiqishi uchun etarli bo'ladi.

Oxirgi turda O'zbekistonning ikkala klubiga omad tilaymiz.



Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика