So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

OCHL. "S" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida Yangiliklar

OCHL. "S" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"S" guruhida kurash olib borayotgan "Lokomotiv" Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo'lib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Albatta, o'yin maydon egalari foydasiga 6:2 bo'lishini hech kim kutmagandi. "Lokomotiv" o'yinni yaxshi boshladi, hatto raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi.

Ammo 20-daqiqadan boshlab ustunlik "Al Sadd" tomoniga o'tdi va birinchi taymning o'zidayoq ular javobsiz uchta to'p kiritishdi. Birinchi gol penaltidan kiritilgach, Abramov himoyada yaxshi o'ynab turgan SHavkat Mullajonovni almashtirdi. SHundan so'ng "Loko" himoyasida parokandalik yuzaga keldi. Natijada jamoa oltita gol o'tkazib yubordi. "Lokomotiv"ning ikkita goli standart vaziyatdan kiritildi: biri jarima to'pidan, ikkinchisi penaltidan.

Guruhdagi narigi o'yinda hisob ochilmadi. "Al Hilol" safarda "Fulad"ga qarshi bahs olib borib, bunda darvozalarga to'p kiritish hech kimga nasib qilmadi. 3-tur natijalaridan so'ng "Al Sadd" 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Al Hilol" hisobida 4, undan keyingi o'rinni egallab turgan "Fulad"da uch ochko bor. "Loko" esa uchta o'yindan so'ng atigi bir ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. Imkoniyatlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, "Al Sadd" bilan "Al Hilol"da keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat boshqalarga qaraganda ancha yaxshi. "Lokomotiv"ni esa faqat mo'jizagina guruhdan olib chiqishi mumkin.

SO'Z
- O'yin bunday tus olishini tushimda ham ko'rmagandim. Futbolchilar xuddi birinchi bor maydonga tushgandek harakat qilishdi. Kerakmas joyda penalti ishlab oldik. SHundan so'ng o'yin tizginini butkul qo'ldan chiqardik. O'zimni va jamoamni oqlash uchun hech qanday sabab yo'q (Vadim Abramovning o'yindan keyin aytgan gaplari).

3-tur. 17 mart
"Al Sadd" - "Lokomotiv" 6:2
"Fulad" - "Al Hilol" 0:0

JADVAL

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Al-Sadd 3 2 1 0 7 - 2 5 7
2 Al Hilal 3 1 1 1 3 - 2 1 4
3 Foolad Khuzestan 3 0 3 0 1 - 1 0 3
4 Lokomotiv Tashkent 3 0 1 2 4 - 10 -6 1


Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 8 aprel
"Lokomotiv" - "Al Sadd"
"Al Hilol" - "Fulad"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика