So’nggi yangiliklar

11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  0 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  1 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8

OCHL oldidan. "Nasaf" uchinchi marta o'zida Eron klubini qabul qiladi Yangiliklar

OCHL oldidan. "Nasaf" uchinchi marta o'zida Eron klubini qabul qiladi

Teglar :  NasafOCHLPersepolis
Bir necha kunlik tanaffusdan so'ng bugun Osiyo chempionlar ligasi 5-tur bahslariga start beriladi.

Bugun Qarshida "Nasaf"ni juda muhim bahs kutib turibdi. Negaki jamoa o'z maydonida Eronning eng nomdor klublaridan biri "Persepolis"ni qabul qiladi. Esingizda bo'lsa, Tehronda kechgan o'yinda "Nasaf" 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. Bugun qarshiliklar o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qilib ko'rishadi.

OCHL. "S" guruhi. 5-tur. 2 aprel
19:30. "Nasaf" - "Persepolis"
21:00. "Al Sadd" - "Al Vasl"

Guruhdagi vaziyat: "Al Sadd" va "Persepolis" hisobida 9 ochkodan bor va birinchi-ikkinchi o'rinlarni egallab turishibdi. "Nasaf" 6 ochko bilan uchinchi o'rinda borayotgan bo'lsa, BAAning "Al Vasl" klubi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchrashi natijasida 0 ochko bilan oxirgi o'rinda turibdi.

Bilasizmi? Bugun "Nasaf" o'z tarixida uchinchi marta OCHLda Eron klubini qabul qiladi. Qarshiliklar ilk bor 2012 yil Tehronning "Istiqlol" klubi bilan o'ynab 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 2015 yil "Traktorsozi"ga qarshi o'tkazilgan bellashuvda esa "2:1 hisobida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan. O'shanda Ilhom SHomurodov va Hamza Karimovning goli maydon egalariga g'alaba keltirgandi.

Bugun shuningdek, "D" guruhida ham bahslar davom ettiriladi. "Al Ayn" o'z maydonida "Al Hilol"ni qabul qilsa, "Istiqlol" "Ozodi" stadionida "Al Rayan"ga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv 20:30da boshlanadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика