So’nggi yangiliklar

21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  1 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11

OCHL. "Nasaf" "Al Sadd" darvozasini uch bora ishg'ol etib, g'alabaga erishdi! Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" "Al Sadd" darvozasini uch bora ishg'ol etib, g'alabaga erishdi!

Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Sadd" uchrashuvi yakunlandi.

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar) 3:1

Gollar: Akmal Mozgovoy (Husayn Norchaev) 63', Husayn Norchaev 75', Akmal Mozgovoy (Oybek Bozorov) 77', Rodrigo Tabata 90+1

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 8.Dilshod Saitov (23.Sardor Sadullaev 90'), 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umarbek Eshmurodov (s), 2.Alibek Davronov, 7.SHarof Muhitdinov, 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov 78'), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (30.Aziz Holmurodov 90'), 17.Suhrob Nurulloev (9.Ivan Solovyov 67'), 10.Husayn Norchaev (99.Semir Smaylagich 90'

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 6.Murodbek Rahmatov, 27.Zafarmurodj Abdirahmatov, 70.Asliddin Tursunpo'latov

"Al Sadd": 22.Meshaal Barsham (1.Saad Al SHib 79'), 2.Pedro Korreya (8.Ali Asad 73'), 3.Abdulkarim Hassan, 6.Tariq Salmon, 7.Muhammad Vaad Albayati, 16.Bualim Huxi, 10.Hasan Al Haydos (20.Salim Al Hajri 88'), 15.Akrom Afif, 17.Gilerme Torres (12.Rodrigo Tabata 33'), 19.Santi Kasorla, 24.Andre Ayyu  

Zaxira: 31.Yusuf Abdulloh, 70.Musaab Xidir Muhammad, 4.Ahmad Sayyor, 47.Faysal Muhammad, 9.Yusuf Abdurisag, 13.Abdulla Al Yazidi

Ogohlantirishlar: Alibek Davronov 57', Dilshod Saitov 74'

Nasaf Qarshi

Akmal Mozgovoy - 63', Khusayin Norchaev - 75', Akmal Mozgovoy - 77'

AFC Champions League Grp. E . 5-tur

23/04/2022, 23:15

1
:
3
Tugadi

Al-Sadd

Rodrigo Tabata - 90'

45'
90'
57'  Alibek Davronov
63'  Akmal Mozgovoy
63'  Khusayin Norchaev
67'  Sukhrob Nurulloev (Ivan Soloveev)
74'  Dilshod Saitov
75'  Khusayin Norchaev
75'  Ivan Soloveev
77'  Akmal Mozgovoy
77'  Oybek Bozorov
78'  Marko Stanojevic (Bakhrom Abdurakhimov)
90'  Oybek Bozorov (Aziz Kholmurodov)
90'  Dilshod Saitov (Sardor Sadulloev)
90'  Khusayin Norchaev (Semir Smajlagic)
32'  Guilherme (Rodrigo Tabata)
73'  Pedro Miguel (Ali Assadalla)
79'  Meshaal Barsham (Saad Al Sheeb)
79'  Hassan Al Haidos (Salem Al Hajri)
90'  Rodrigo Tabata
90'  Boualem Khoukhi


90+3. O'yin yakunlandi! "Nasaf" o'z ochkolari sonini 3 ochkoga ko'paytirib, 8 ochkoga ega bo'ldi!

90+3. Ayuning chalqancha uslubda bergan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi

90+1. GOL! Tabata chiroyli zarba yo'llab, hisobni qisqartirdi. 

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Tabataning darvozaga yo'llagan zarbasini Nematov qaytarib yubordi.

Darvozabon o'z "zona"sida xatoga yo'l qo'ydi, Bozorovni to'pni olib qo'yib markazroqqa uzatdi, Mozgovoy esa hisobni uchtaga oshirdi!

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yana Akmal!

Golini onasiga bag'ishlagan Norchaevning quvonchi

Solovyov Husanni oldinga boshladi, darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgan Norchaev gol urdi!

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Norchaev hisobni ikkitaga oshirdi!

68. O'yin surati ancha oshgan!

Mozgovoy to'pni Kasorladan olib qo'ydi, Norchaev to'pni olib, yana Akmalga uzatdi, u esa aniq zarba berib, gol urdi!

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni ochdi!

62. Ayu va Tabataning o'zaro kombinaciyasi o'xshamadi, Nematov to'pni ushlab oldi.

61. "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo vaziyat xavfli bo'lmadi.

56. Muhitdinovning chap qanotdan uzatib bergan to'pini raqib himoyachilari qaytarib yubordi.

51. Tabata jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga to'g'rilib, darvoza tomon zarba berdi, to'p esa noaniq ketdi.

48. Oybek Bozorov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni Norchaevga uzatdi, biroq Husayn to'pga eta olmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. O'yinning dastlabki 45 daqiqaligi yakunlandi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBA! Nurulloevning darvozaga yo'llagan zarbasini Barsham ushlab oldi.

43. Endi esa Kasorla! Uning zarbasi biroz noaniq ketdi.

42. Bualim Xuhining jarima zarbasidan darvozaga yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

39. Oybek Bozorovning darvozaga yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

37. XAVFLI VAZIYAT! Norchaev!!! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Husayn darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq... 

31. Oybek Bozorov yana bir bor chap qanotdan kirib bordi, uning jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pini raqiblar himoyachisi qaytarib yubordi.

26. "Nasaf" chap qanotdan oldinga bordi. To'p jarima maydonchasi markaziga uzatildi, ammo Stanoevich yakuniy zarbani bera olmay, sirg'alib ketdi.

17. SHarof Muhitdinovning chap qanotdan uzatib bergan to'pi muvafaqqiyatsiz chiqdi.

11. Umar Eshmurodov zarba berdi, Mozgovoy to'pni darvoza tomon to'g'rilab yubordi, ammo to'p biroz noaniq ketdi.

9. Muhitdinovning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Barsham qaytardi.

2. Stanoevich chamasi 19 metrlardan bergan zarbasini Barsham qaytarib yubordi. Xavfli vaziyatlar bo'yicha hisob 1:1!

1. Ilk daqiqalarni qatarliklar faol boshladi. Andre Ayyu jarima maydonchasi ichida zarba yo'ldadi, uni esa Nematov ushlab oldi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Malumot uchun, mazkur uchrashuvni soat 22:10 dan boshlab Telegramdagi "Futbolvideolar 480P" kanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'ling!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.

Reyting: +172   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика