OCHL. Ikkinchi final uchun barcha chiptalar sotib bo'lindi
23 noy 2017 17:31
Yangiliklar
OCHL. Ikkinchi final uchun barcha chiptalar sotib bo'lindi
SHu haftaning shanba kuni Osiyo chempionlar ligasining finalidan o'rin olgan ikkinchi bahs bo'lib o'tadi. Malumki, birinchi uchrashuv Saudiya Arabistonida o'tkazilgandi.
Yaponiyaning Saytama shahrida kechadigan o'yinda "Urava Reds" o'z maydonida "Al Hilol"ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilganini inobatga olsak, javob bahsi yanada qiziq kechishi kutilmoqda.
OFK saytining xabar berishicha, bu o'yin uchun barcha chiptalar allaqachon to'liq sotib bo'ligan. Malumot uchun Saytamadagi stadion o'z bag'riga 58 ming tomoshabinni sig'dira oladi.
25 noyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yin bizning vaqt bilan 15:15da boshlanadi. Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz brigadasi boshqarib boradi.
Fikrlar