So’nggi yangiliklar

20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  66 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  0 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  3 18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  13 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   1 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  12 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  2 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  8

OCHL. Dastlabki turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. Dastlabki turning ramziy terma jamoasi

Seshanba va chorshanba kunlari qitamizda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Saytimiz xodimlari dastlabki turda O'zbekiston klublari safida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzishdi.



Darvozabon
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")

Darvozaga "Lokomotiv" klubining tajribali posboni Ignatiy Nesterovni loyiq ko'rdik. Darvozabon "Al Ittihod"ga qarshi bahsda bitta gol o'tkazgani rost, ammo yana bir vaziyatda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Keyingi o'yinlarda Nesterovga umuman gol o'tkazmasligini tilaymiz.



Himoyachilar
Davron Hoshimov ("Paxtakor")
SHerzod Fayziev ("Lokomotiv")
SHerzod Azamov ("Nasaf")
Akrom Komilov ("Bunyodkor")



"Paxtakor" klubi himoyachisi Davron Hoshimov "Al Hilol" bilan bahs so'nggida jamoa qahramoniga aylandi. U Jamshid Iskanderov tomonidan uzatilgan to'pni jarima maydoniga kirmay darvozaga joylab qo'ydi va "Paxtakor"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Lokomotiv"ning yangi azosi SHerzod Fayziev OCHLdagi debyut uchrashuvida yomon taassurot qoldirmadi. Himoyachi tajribali hujumchilarga deyarli imkoniyat bermadi. Bir qator vaziyatlarda xatolar qildi, ammo debyut uchun ajoyib o'ynadi.

"Nasaf"ning markaziy himoyasida SHerzod Azamov o'ynadi. Agar u bo'lmaganida arablar "ajdarlar" darvozasiga yanada ko'p gol urishlari mumkin edi.

"Al nasr" bilan safardagi bahsda "Bunyodkor"ning chap qanotida Akrom Komilov ishonchli o'ynadi. Himoyachi o'z qanotida raqiblarga hujum qilish imkonini bergani yo'q. Bir nechta to'p uzatishlari xavfli chiqdi, ammo hujumchilar gol ura olishmadi.



Yarim himoyachilar
Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv")
Javohir Sohibov ("Paxtakor")
Dilshod Rahmatlullaev ("Nasaf")
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Dostonbek Hamdamov ("Bunyodkor")



"Paxtakor"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan Kaxi Maxaradze "Al Ittihod"ga qarshi bahsda eng yaxshilardan biri bo'ldi. Tayanch yarim himoyasida arablarning bir qator hujumlarini to'xatishga muvaffaq bo'lgan gruziyalik futbolchi gol urishga ham erishdi, ammo hakamlar o'sha paytda qoida buzilgani uchun golni inobatga olishmadi.

"Paxtakor" vakili Javohir Sohibov "Al Hilol" bilan o'yinda markazda yangi jamoadoshi Azim Ahmedovni qo'llab quvvatlab turdi. Sohibov Kaxi ketgach markazda jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi. Kechagi bahsda u buni deyarli uddalay oldi.

"Lokomotiv"dan "Nasaf"ga o'tgan Dilshod Rahmatullaev "Al Ahli" bilan o'yinda jasorat ko'rsatgani uchun ham ramziyga loyiq ko'rildi. Ikkinchi bo'limda raqib uning boshini yordi, Dilshod esa shu jarohat bilan ham o'yinni oxirigacha etkazib qo'ydi. Bundan tashqari birinchi bo'limda aynan uning pasidan so'ng Bobur Abduxoliqov gol urishga erishdi.



"Lokomotiv"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan golni Sardor Mirzaev urdi. "Al Ittihod" bilan bahsning 88-daqiqasida aynan uning zarbasidan so'ng hisob tenglashdi. Qizig'i o'tgan yil ham OCHLning birinchi turida Mirzaev "Loko"ning ilk golini urgandi.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov dastlabki turda OCHLda ikkita gol urgan 4 futbolchidan biri bo'ldi. 2015 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Hamdamov "Al Nasr"ga qarshi bahsda ikkita chiroyli gollar urdi. Aynan uni O'zbekiston klublari ichida 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topdik.


Hujumchi
Bobur Abduxoliqov ("Nasaf")

"Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga yutqazib qo'ydi. Ammo "ajdarlar" safida 18 yoshli Bobur Abduxoliqov o'zini yorqin tomonlama namoyish eta oldi. Birinchi bo'limda ikkita qulay imkoniyatga ega bo'lib bitta gol urdi. Bobur mehnat qilishda davom etsa bunday ramziy terma jamoalardan doimiy o'rin olib turishiga shubha yo'q.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика