OCHL. "Bunyodkor" so'nggi turda istalgan hisobda yutsa keyingi bosqichga chiqadi
17 apr 2014 09:45
Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" so'nggi turda istalgan hisobda yutsa keyingi bosqichga chiqadi
Kecha OCHL guruh bosqichi 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Bunyodkor" o'z uyida "Al Fath"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. "Fulad" ham o'z maydonida "Al Jaish"dan ustun keldi - 3:1. SHu tariqa, "qaldirg'ochlar"da oxirgi turdan oldin keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qoldi.
OCHL reglamentiga ko'ra guruhda ochkolar teng kelib qolsa BIRINCHI bo'lib shu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlarga qaraladi. "Bunyodkor" Qatarda 1:0 hisobida g'olib bo'lsa ham keyingi bosqichga chiqadi. Sababi "Al Jaish" bilan "Bunyodkor"ning ochkolari 8tadan bo'ladi. O'zaro o'yinlarda ikkala jamoa bittadan g'alabaga erishishgan bo'ladi. Toshkentdagi bahsda "Bunyodkor" 1:2 hisobida yutqazgan.
To'plar nisbati 2:2. Gap shundaki OCHL reglamenti Evropa CHempionlar ligasi reglamentidan farq qiladi. Yani safarda urilgan gol qoidasi bu vaziyatda hech qanday rol o'ynamaydi. 2:2 bu holatda ham tenglik bo'lsa jamoalarning guruh bosqichidagi umumiy to'plar nisbatiga qaraladi.
Hozir "Al Jaish"da +1 (5:4), "Bunyodkor"da -1 (5:6). So'nggi turda "Bunyodkor" 1:0 hisobida g'alaba qozonsa "Bunyodkor"da 6:6, "Al Jaish"da 5:5 bo'ladi. Bunday holatda OCHL reglamentiga ko'ra qaysi jamoa ko'proq gol urgan bo'lsa o'sha ustun bo'ladi.
Xullas, "Bunyodkor" oxirgi turda g'alaba qozonsa bas. Keyingi bosqich yo'llanmasi naqd bo'ladi.
ECHL va OCHL reglamentining farq qilgani yaxshi ekan...

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Fulad | 5 | 3 | 2 | 0 | 6 - 2 | 4 | 11 |
2 | Al Jaish | 5 | 2 | 2 | 1 | 5 - 4 | 1 | 8 |
3 | Bunyodkor | 5 | 1 | 2 | 2 | 5 - 6 | -1 | 5 |
4 | Al Fath | 5 | 0 | 2 | 3 | 2 - 6 | -4 | 2 |

Fikrlar