So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   256 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

OCHL. "Bunyodkor" o'z maydonida "Fulad" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" o'z maydonida "Fulad" bilan durang o'ynadi

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Fulad" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 74-daqiqasida SHahab Karami maydon markazida to'pni egallab olib oldinga o'tdi va jarima maydoni ichidan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Oleksandr Pishur chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Vohid SHodiev 10 metrdan boshi bilan darvozani ishg'ol qildi  - 1:1.

O'yin aynan mana shu hisob bilan o'z nihoyasiga etdi. Endi 1 aprel kuni bu jamoalar Eronda hisob-kitob qilishadi.

Osiyo CHempionlar ligasi, 3-tur

19 mart, chorshanba. “Paxtakor” markaziy stadioni. 18:00
“BUNYODKOR” (O'zbekiston) – “FULAD” (Eron) 1:1
Gollar: Abdulloh Karami, 74 - 0:1. Vohid SHodiev, 90+2 - 1:1
"Bunyodkor": 1.Pavel Bugalo, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (33.Oleg Zoteev, 70), 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 11.Oleksandr Pishur, 14.Vohid SHodiev, 16.Karles Koto (7.Alibobo Rahmatullaev, 64), 21.Sardor Rashidov, 24.Bahodir Pardaev (10.Anvar Berdiev, 75), 40.Sergey Simonenko.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 18.Boburjon Akbarov, 30.Hasan Asqarov, 44.Mirjamol Qosimov.

"Fulad": 77.Susha Makani, 2.Leandro Padovani, 5.Mehdi Badrlu, 7.Surush Rafie, 8.Ismoil SHarifat (23.Sasan Ansari, 82), 10.Abdulloh Karami, 11.Baxtiyor Rahmoni (20.Ayub Kalantari, 86), 14.SHahab Karimi, 21.Omid Holidi, 37.G'ulomrizo Rizoi, 55.Said Salarzoda (4.Ayub Vali, 72)
Zaxira: 1.Alirizo Salimi, 6.Mehdi Nuri, 15.Leandro CHaves, 27.Surush Saidi

Hakamlar: Ali-SHaban (Kuvayt), Navaf SHaxin Xalifa, Muhammad Jafar Muhammad (ikkisi Baxrayn), Muhtar Al-Yarimi (Yaman)
Hakamlar eksperti: Ala Abed (Iroq)
Uchrashuv komissari: Davlatmand Islomov (Tojikiston)


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchko
1Fulad31202 - 115
2Al Jaish
21102 - 114
3Bunyodkor30212 - 3-12
4Al Fath
20110 - 1-11

                                  
                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                               
YANGILASH

90+5. Uchrashuv tugadi. "Bunyodkor" OCHL 3-turida o'z maydonida "Fulad" bilan durang o'ynadi - 1:1.
Endi bu jamoalar 1 aprel kuni Eronda kuch sinashishadi.

90+2. Oleksandr Pishur chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Vohid SHodiev 10 metrdan boshi bilan darvozani ishg'ol qildi  - 1:1!
90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. VOHID SHODIEV 1:1.
90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi
88. Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi, Pishur darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynadi
86. O'zgarish. "Fulad". Baxtiyor Rahmoni o'rniga Ayub Kalantari tushdi
84. Xavfli vaziyat! Vohid SHodievning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi
82. O'zgarish. "Fulad". Ismoil SHarifat o'rniga Sasan Ansari tushdi
81. Rashidov o'ng qanotdan oldinga o'tdi, uni raqiblar yiqitishdi
80. "Fulad"ning tezkor hujumi, Anvar G'ofurov to'pni qaytarib yubordi, burchak to'pi noaniq amalga oshirildi
79. Anvar G'ofurov belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq
77. Ogohlantirish. "Fulad". SHahab Karami. U ham keyingi bahsni o'tkazib yuboradi
75. O'zgarish. "Bunyodkor". Bahodir Pardaev o'rniga Anvar Berdiev maydonga tushdi
74. Karami maydon markazida to'pni egallab olib oldinga o'tdi va jarima maydoni ichidan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.
74. GOL. 0:1. Abdulloh Karami
72. O'zgarish. "Fulad". Said Salarzoda o'rniga Ayub Vali tushdi
70. O'zgarish. "Bunyodkor". Xayrulla Karimov o'rniga Oleg Zoteev maydonga tushdi
67. G'ulomrizo Rizoi to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va jamoaning hujumi tugadi
64. O'zgarish. "Bunyodkor". Karles Koto o'rniga Alibobo Rahmatullaev tushdi
63. Ismoil SHarifat jarima maydoni ichiga kirib borib osmonu falkka zarba berdi
61. Xavfli vaziyat! Rashidov o'ng qanotdan to'pni oshirib berdi, Pishur to'pga eta olmadi, Makani to'pga ega chiqdi
59. "Bunyodkor" katta kuch bilan hujum qilmoqda, mehmonlar qarshi hujum taktikasini qo'llashmoqda
58. Karlos Koto yana bir bor burchakdan to'p tepadi, samarasiz
57. Maydon markazida Pishur bilan to'qnashib ketgan Abdulloh Karamiga shifokorlar yordam ko'rsatishdi
56. Vohid SHodiev to'pni egallab olib hujumga o'tdi, ammo himoyachi to'pni olib qo'ydi
54. Bahodir Pardaev 20 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p ancha noaniq ketdi
52. SHahab Karimi jarima maydoni ichidan darvozaga o'arba berdi, xavfli chiqdi, ammo noaniq
51. "Bunyodkor" burchak to'pini ishlab oldi, Rashidov to'pni jarima maydoniga oshirdi, darvozaga yo'llangan zarba darvozaga etib bormadi
49. Koto chap qanotdan oldinga o'tidi va to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq
47. Sardor Rashidov chamasi 30 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p ancha noaniq ketdi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+2. Birinchi bo'lim tugadi
45.
Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berildi
45. SHarifatning 17 metrlardan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi
42. Xavfli vaziyat!
Bahodir Pardaev jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
41. Baxtiyor Rahmoni tomonidan oshirilgan jarima to'pidan so'ng Bugalo darovzaning to'qqizligiga kirib ketayotgan to'pni qaytardi! Barakalla Pasha!
40.
Sergey Simonenko jarima maydoni yonida Abdulloh Karamini yiqitdi, jarima to'pini mehmonlar amalga oshirishadi
38. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Xayrulla Karimov. Himoyachi keyingi turni o'tkazib yuboradi
36.
SHorahmedovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Mehdi Badrlu qaytarish chog'ida o'z darvozaboni bilan to'qnashib ketdi
35.
Raqiblar burchak to'pini amalga oshirishdi, Rashidov to'pni qaytardi
33.
"Fulad" ustunlikni qo'lga olmoqda, G'ofurov sal qolsa to'pni jarima maydoni yonida eronlik futbolchiga berib qo'yishi mumkin edi, Bugalo to'pga ega chiqdi
31.
O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumdan so'ng eronlik futbolchilar to'pga etib kela olishmadi
30.
Maydon markazida Bahodir Pardaev to'pni qo'li bilan o'ynadi
28.
Anvar G'ofurov chap qanotdan oldinga o'tdi va raqibga nisbatan qoida buzdi
26.
Bu safar Rashidov narigi burchakdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, noaniq
25.
Koto amalga oshirgan burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi
24.
Anvar G'ofurov yon chiziqdan ikki marta to'pni jarima maydoniga uzatdi, ikkinchi urinishdan so'ng burchak to'pi ishlab olindi.
23.
"Fulad" vakili Surush Rafie chamasi 25 metrlardan zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
20.
Rashidov qanotdan yana bir bor jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar bu safar ham havo jangida g'olib chiqishdi
18.
Vohid SHodiev jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p noaniq ketdi
16.
Maydon egalari ketma-ket uch marta burchak to'piga ega bo'lishdi, uchala safar ham besamar ketdi
14.
"Bunyodkor" jarima to'piga ega bo'ldi. Koto va Rashidov to'p yonida. Sardorning oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.
11.
Eronliklar tashabbusni qo'lga olishga urinishmoqda, qanotlarda hujumlar tashkil etilmoqda
8.
CHap qanotdan Ismoil SHarifat to'pni egallab olib zarba berdi, to'p yo'liga SHorahmedov to'g'anoq bo'ldi
6.
"Fulad"ning pozicion hujumi, Bahodir Pardaev himoyachilarga yordamga etib keldi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan so'ng raqiblar hujumda qoida buzishdi
5.
Rashidovga uzatilgan to'pga futbolchi eta olmadi, eronliklar posbon to'pni o'yinga kiritib berdi
3.
"Bunyodkor" o'yinni hujumkor tarzda boshladi
2.
Xayrulla Karimov jarima to'pini amalga oshirdi, SHodiev boshi bilan darvozaga zarba berishga urindi, himoyachilar to'pni qaytarishdi
1. O'YIN BOSHLANDI!
17:59.
Uchrashuvni oq libosdagi "Bunyodkor" futbolchilari boshlab berishadi
17:55.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
16:50. Jamoalarning boshlang'ich tarkibi malum bo'ldi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика