So’nggi yangiliklar

20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  1 18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  11 18:13ОЧЛ-2. "Андижон" - "Ал Аҳли" (матнли трансляция)  49 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   1 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  11 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  2 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  8 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  15

OCHL. "Bunyodkor" g'alabani qo'ldan chiqardi... Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" g'alabani qo'ldan chiqardi...

Teglar :  Al NasrBunyodkor
Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida raqib darvozaboni Abdulloh Al Enazi to'pni uzoqlashtirishda xatoga yo'l qo'ydi, to'pni egallab olgan Dostonbek Hamdamov chap oyog'i bilan uzoq masofadan chiroyli tarzda darvozani ishg'ol qildi - 0:1. 33-daqiqada o'ng qanotdan Zabixillo O'rinboevning havodan uzatib bergan to'pini SHaker Zuagi boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2.

Taymning so'nggi daqiqasida bosh hakam Rustam Ashurmatov SHaya SHarahilini yiqitdi deb hisoblab Zuhurov darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Adrian Mierzejevski aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi - 1:2. Jamoalar tanaffusga mana shu hisob bilan chiqib ketishdi.

75-daqiqada Dostonbek Hamdamov raqib himoyachisining xatosidan so'ng jarima maydoniga kirib bordi va to'pni o'ziga to'g'rilab olib kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:3.

Oradan 5 daqiqa o'tgach hisob qisqardi. Yahyo Al SHehri jarima maydoni yaqinidan kuchli zarba bilan gol urdi - 2:3. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Hussayin Sulaymoni belgilangan jarima to'pini aniq amalga oshirib to'pni Zuhurov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi - 3:3.

SHu tariqa, "qaldirg'ochlar" OCHL guruh bosqichini safardag durang bilan boshlashdi. 1 mart kuni "Bunyodkor" "Al Nasr"ni o'z maydonida qabul qiladi.


Ar-Riyod. “Qirol Fahd” stadioni.
“Al-NASR” (Saudiya Arabistoni) - “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 3:3

MATNLI TRANSLYACIYA

Gollar: Dostonbek Hamdamov (3, 75), Zuagi (33), Mierzejevski (45-penaltidan), Al SHehri (80), Sulaymani (85)

Hakamlar: Ko Xyung Jin, Bang Gi Yol, Park Sang Jun (uchalasi - Janubiy Koreya), Rovan Arumug'on (Xindiston)
Nazoratchi: Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim (Bahrayn)
Komissar: Anvarul Huq (Bangladesh)

"Al Nasr": 22.Abdulloh Al Enizi, 2.Muhammad Hussayin, 4.Omar Xavsavi, 12.Xolid Al Gamdi, 24.Hussayin Sulaymoni, 14.Ibrohim G'olib (10.Muhammad Sahlavi, 46), 16.Abdulaziz Jebrin, 26.SHaya SHarahili (27.Avad Hamis, 65), 18.Markinos (8.Yahyo Al SHehri, 62), 86.Adrian Mierzejevski, 9.Naif Hazazi.
Zaxira: 23.Hussayin SHayan, 99.Hassan Al Raheb, 28.Ahmad Akash, 13.Muhammad Eyd.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (S), 3.Akramjon Komilov, 7.SHaker Zuagi, 9.Minori Sato, 10.Eldor SHomurodov (14.Bahodir Nasimov, 67), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Yurica Bulyat, 90+3), 19.Zabihillo O'rinboev (11.SHahzodbek Nurmatov, 51), 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 71.Aleksandr Alempievich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Anvar G'ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov, 16.Dilshodbek Ahmadaliev.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика