So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  49 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

OCHL. "Al Sadd" - "Lokomotiv". Benjamin Uilyams biz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

OCHL. "Al Sadd" - "Lokomotiv". Benjamin Uilyams biz uchun qanchalik omadli?

OCHL guruh bosqichi 3-turida Toshkentning "Lokomotiv" klubi Doxada "Al Sadd" klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahsni avstraliyalik hakamlar boshqarib borishadi.
Bosh hakam - Benjamin Uilyams. Unga qanotlarda hamyurtlari Metyu Krim va Pol Setrangolo yordam berishadi. Eslatib o'tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45da boshlanadi.

Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda 6 marta ishlagan.

2007 yil Olimpiada-2008 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan. O'sha bahsda Uilyams ishlagan va ikki nafar futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatgandi.

2008 yil 19 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash kelgan. Avstraliyalik hakam bu safar Doniyor Usmonovni chetlatgan, jamoamiz esa penaltilar seriyasida g'alabaga erishgandi.

2010 yilgi Osiyo o'yinlari 1/8 finalida O'zbekiston Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Bu safar Uilyamsning qadami biz uchun qutlug' kelgan.

JCH-2014 saralashi to'rtinchi bosqichida Janubiy Koreya bilan Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Pley-off doirasidagi Iordaniyaga qarshi javob o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganmiz.

Yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yinda termamiz 3:1 hisobida zafar quchgan.

Bundan tashqari bu hakam "Paxtakor" klubi ishtirokidagi bitta o'yinda ham ishlagan. 2009 yilgi Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida "sherlar" Toshkentda Saudiya Arabistoning "Al Ittihod" klubi bilan durang o'ynashgan - 1:1.

Uilyams "Bunyodkor"ning 6ta o'yinida faoliyat yuritgan. Quyida barcha natijalar keltirilgan:
"Al Ittifoq" - "Bunyodkor" 4:0
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 3:0
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0
"Al Vahda" - "Bunyodkor" 1:1
"Buriram" - "Bunyodkor" 2:1
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0

OCHL. 3-tur. "S" guruhi
AL SADD - LOKOMOTIV
17 mart 2015. Doxa. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 20:45
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari
: Metyu Krim (Avstraliya), Pol Setrangolo (Avstraliya)
Zaxira hakami: Alan Milliner (Avstraliya)
Nazoratchi: Umar Abu Lum (Iordaniya)
Komissar: Kim Yong Ju (J.Koreya)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика