So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

OCHL. "Al Ittihod" - "Lokomotiv" o'yiniga oid faktlar Yangiliklar

OCHL. "Al Ittihod" - "Lokomotiv" o'yiniga oid faktlar

Bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Qirol Abdulloh" stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 22:45da start oladi. Quyida mazkur uchrashuvga oid bazi faktlarni keltirib o'tamiz. 

- Har ikki jamoa bungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelgan bo'lib, ikkala bahs ham 1:1 hisobida yakun topgan. Bu 2016 yilgi OCHL guruh o'yinlarida ro'y bergan. 

- "Al Ittihod"ning o'tgan turda "Al Vahda"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishi jamoa uchun qatorasiga to'rtta o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. "Al Ittihod" 2012 yil ketma-ket 4ta uchrashuvda zafar quchgandi. 

- "Al Ittihod" bungacha o'zbek klublariga qarshi 14 marta bahs olib borib, shundan faqat ikkitasida mag'lubiyatga uchragan. Bundan tashqari bu jamoa qatorasiga 7ta o'yindan beri O'zbekiston klublariga yutqazmay kelmoqda. 

- "Qirol Abdulloh" stadionida kechgan oxirgi bahsda 1:1 qayd etilgan. Salli Muntarining hisobni ochgan goliga Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan to'p kiritib juda chiroyli javob qaytargan. 

- Raqib safida eng sermahsul futbolchi Karlos Vilyanueva bo'lib turibdi. U avvalgi ikkita o'yinda 7 bor xavfli vaziyat yaratdi. 

- "Al Ittihod" Saudiya chempionatida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa oxirgi uchrashuvda "Al Batin"ni qabul qilib 4:1 hisobida zafar quchdi. 

- "Lokomotiv"ning avvalgi turda Dohada mag'lubiyatga uchrashi jamoaning oxirgi to'rt o'yindagi dastlabki mag'lubiyati bo'ldi. 

- Dohadagi bahsda Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gol "Lokomotiv"ning OCHLda qatorasiga 6ta uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg'ol etishini taminladi. 

- "Lokomotiv" bungacha Saudiya Arabistoni klublariga qarshi 8 bor o'ynab shundan bittasida g'alaba qozongan. Bu 2016 yil OCHL 1/8 finalida sodir bo'lgan. O'shanda jamoa Toshkentda "Al Hilol"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan. 

- Dastlabki ikki tur statistikasiga ko'ra Sardor Mirzaev "Loko" tarkibida eng ko'p aniq pas bergan futbolchi bo'lib turibdi. Uning to'p uzatishlari 81,6 foizga aniq chiqqan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика