So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

OCHL-2018. "Nasaf"ning raqibi “Al Faysaliy” haqida Yangiliklar

OCHL-2018. "Nasaf"ning raqibi “Al Faysaliy” haqida

Teglar :  Al Faysaliy
Iordaniyaning Amman shahriga qarashli “Al Faysaliy klubi 1932 yili tashkil bo'lgan. Uy uchrashuvlarini “SHaxzoda Muxammad” stadionida o'tkazadi, stadion sig'imi – 17 000 tomoshabin.

Umuman olganda “Al Faysaliy” klubi “ajdarlar”ga notanish emas. Mazkur jamoalar bungacha OFK kubogining nimchorak finalida tuqnash kelishgan. 2011 yili 24 mayda, “Markaziy” stadionda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda jamoamiz raqibini 2:1 hisobida mag'lub etgan va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

“Al Faysaliy” klubi mamlakat chempionatida etakchi klub hisoblanadi. Ammanliklar o'z tarixida 32 karra chempionlikni, 18 karra federaciya kubogini, 15 marta superkubokni va ikki marta OFK kubogini qo'lga kiritganlar.

Iordaniya PRO ligasida 12 jamoa ishtirok etadi. Ayni paytda “Al Faysaliy” klubi mamlakatning vice chempioni hisoblanadi.

Iordaniya PRO ligasida ikki klub etakchilik qiladi. Mamlakat chempionligi yoki boshqa musobaqalarda raqobat asosan “Al Faysaliy” va “Al Vexdat” klublari o'rtasida kechadi. Ayni paytda premer-ligada davralar oralig'idagi tanaffus davom etmoqda. Ikkinchi davra uchrashuvlariga 24 yanvar kunidan start beriladi.

"Nasaf"ning raqibi - “Al Faysaliy” jamoasi 11ta uchrashuvdan so'ng 19 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. 24 yanvar kuni ular ikkinchi davraning ilk uchrashuviini  “Al Yarmuk” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


“Al-Faysaliy” klubi yaqinda jamoa bosh murabbiyligiga Nabil Kukini taklif etdi va o'zaro kelishuvga erishdi. Ushbu mutaxasis Dragan Talajich o'rnini egalladi. Tunislik 47 yoshli mutaxasis Nabil Kuki, bungacha Iordaniya premer ligasi peshqadamlaridan biri “Al Ramtha” jamoasini boshqarayotgan edi. Kukiga mahalliy murabbiylardan Nadir Xbiri yordam bermoqda.

“Al Faysaliy” klubining besh nafar futbolchisi yaqinda FIFA qaroriga ko'ra, bir yilga futboldan chetlatildi. Jazolangan futbolchilar o'rniga klub, yangi futbolchilarni qo'shib olmoqda. Yaqinda jamoa tarkibiga albaniyalik yarim himoyachi Alban Meha kelib qo'shildi. Jamoa tarkibida mahalliy futbolchilar qatori yana senegallik, liviyalik va polshalik legioner futbolchilar bor.

Jamoaning 27 yoshli liviyalik hujumchisi Akram Zuvay o'tgan yili 12ta to'p kiritib, chempionat to'purari bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Faysaliy” uchrashuvi 30 yanvar seshanba kuni, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика