So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

OCHL. 2-turga nazar. Toshkentda atigi bir ochko Yangiliklar

OCHL. 2-turga nazar. Toshkentda atigi bir ochko

Osiyo chempionlar ligasining 2-turini ikkita jamoamiz Toshkentda o'tkazdi.
Eron klublari bilan kechgan bahsda "Bunyodkor" yutqazib qo'ygan bo'lsa, "Lokomotiv" durang o'ynadi. Quyida 3-tur o'yinlaridan oldin jamoalarning imkoniyatini chamalab ko'ramiz.

OCHL. "V" guruhi. 2-tur
"Bunyodkor" - "Persepolis" 0:1


"Bunyodkor" o'yindagi yagona golni penaltidan o'tkazib yubordi. SHundan so'ng jamoa oxirigacha kurash olib bordi, biroq raqib darvozasiga to'p kirita olmadi. Negaki eronliklar o'yinning qolgan qismini juda ehtiyotkorlik bilan o'tkazishdi. Qatarda o'tkazilgan "Laxviya" - "Al Nasr" bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. 2-tur natijalaridan so'ng guruh jadvali quyidagicha ko'rinish olgan.

Guruhdagi vaziyat

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Persepolis 2 2 0 0 4 - 0 4 6
2 Al Nassr
2 0 2 0 2 - 2 0 2
3 Bunyodkor 2 0 1 1 1 - 2 -1 1
4 Lahviya 2 0 1 1 1 - 4 -3 1


Ko'rib turganingizdek, "Bunyodkor" bir ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. Jamoa navbatdagi turni yana o'z maydonida, faqat bu safar oxirgi o'rinni egallab turgan "Laxviya"ga qarshi o'tkazadi. 17 mart kuni bo'lib o'tadigan bahsda "Bunyodkor"ni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. SHundagina jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin. Guruh peshqadami "Persepolis" esa Saudiya Arabistoniga safar qilib, "Al Nasr" bilan kuch sinashadi.

Keyingi o'yinlar. 17 mart
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Laxviya" (Qatar)
"Al Nasr" (S.Arabistoni) - "Persepolis" (Eron)




OCHL. "S" guruhi. 2-tur
"Lokomotiv" - "Fulad" 1:1


OCHL guruh bosqichida ilk bor ishtirok etayotgan "Lokomotiv" qanday bo'lmasin "Fulad" ustidan g'alaba qozonishi shart edi. SHundagina jamoa oldidagi vazifa biroz bo'lsa ham engillashardi. Biroq "temiryo'lchilar" hisobda oldinda borayotib rikoshet tufayli gol o'tkazib yuborishdi, buning ustiga ikkinchi taymda g'alaba to'pini kirita olishmadi.

Guruhdagi vaziyat

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Al Sadd 2 1 1 0 1 - 0 1 4
2 Al Hilol 2 1 0 1 3 - 2 1 3
3 Fulad 2 0 2 0 1 - 1 0 2
4 Lokomotiv 2 0 1 1 2 - 4 -2 1

Hozircha jamoa bir ochko bilan guruhdagi oxirgi o'rinni egallab turibdi. "Lokomotiv" navbatdagi turni safarda guruh peshqadami "Al Sadd"ga qarshi o'tkazadi. "Al Sadd" bu tur o'z maydonida "Al Hilol"ni mag'lub etganini hisobga olsak, Abramov shogirdlariga oson bo'lmasligini taxmin qilish qiyin emas. Ikkita o'yindan beri durang qayd etayotgan "Fulad" esa o'z uyida "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Keyingi o'yinlar. 17 mart
"Fulad" (Eron) - "Al Hilol" (S.Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика