So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  1 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  4 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

"Obod" murabbiyi: "CHempionatning birinchi o'yini, safarda, hayajon bo'lishi tabiiy" Yangiliklar

"Obod" murabbiyi: "CHempionatning birinchi o'yini, safarda, hayajon bo'lishi tabiiy"

Yoshlar Birinchiligining 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Obod" uchrashuvida o'rinbosarlarimiz irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Bellashuvdan keyin biz yoshlarimiz ustozi Vyacheslav Tigayning fikrlari bilan qiziqdik.

- Mavsumning birinchi o'yini bo'lgani bois, jamoadagi kamchiliklar yaqqol ko'rindi. Hisob 1:1 bo'lib turganida pala-partishlik kuzatildi, ammo bundan mezbonlar foydalana olishmadi. Aslida buni to'g'ri tushunish kerak. CHempionatning birinchi o'yini, safarda, hayajon bo'lishi tabiiy. Maydon egalari ham g'alaba uchun o'ynaydi va o'z-o'zidan bosim bo'ladi. Meni xursand qilgani shu bo'ldiki, shogirdlarim bugun g'alaba uchun borlarini berib harakat qilishdi. Birinchi bo'limda qanot himoyachimizning xatosidan keyin o'z darvozamizdan to'p olib chiqqan bo'lsakda, yigitlar qo'llarini tushirgani yo'q.

Qolaversa, tanaffusda amalga oshirgan o'zgarishlarimiz ham o'z samarasini berdi, deb bemalol ayta olaman. Maydonga tushgan futbolchilar o'yinimizni o'zgartirishdi, kuchaytirish, desam mubolag'a bo'lmaydi. Natijada avvaliga hisobni tenglashtirdik. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa, juda muhim golni urdik. Himoyachimiz kerakli vaqtda jarima maydoni ichida paydo bo'ldi va g'alaba to'pini kiritdi, - deydi Tigay. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика