So’nggi yangiliklar

07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  0 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6

Oblak Suares, Feliks, CHL va Messi-Ronaldu haqida Yangiliklar

Oblak Suares, Feliks, CHL va Messi-Ronaldu haqida

"Atletiko" etakchilaridan biri va dunyoning eng qimmat darvozaboni Yan Oblak katta intervyu berdi.

Biz esa sizga bu intervyuning eng muhim qismlarini taqdim etamiz.

"Meni eng yaxshisi deb atashlari juda yoqimli. Men yaxshi natijalarga erishish uchun barchasini ishga solyapman".

CHempionlar Ligasi haqida:

"Har yili biz ushbu turnirni yutish uchun imkoniyat bo'lishiga umid qilamiz. "Atletiko" bilan CHempionlar Ligasi kubogini bosh uzra baland ko'tarishdan chiroyliroq narsa yo'q".

Luis Suares haqida:

"Men "Barselona" uning bizga qo'shilishga izn berganini bilganimda xayron bo'ldim. Uning mavsum so'nggiga qadar shu darajada o'ynashiga umid qilaman".

O'zining kelajagi haqida:

"Biz boshqa jamoa vakillari bilan gaplashmadik, men "Atletiko"da qoldim, sababi men bu erda eng yuqori maqsadlar uchun kurasha olishimizni bilaman".

Feliks haqida:

"U ajoyib o'yinchi. U yosh va u ko'proq ishlashi, murabbiyni eshitishi va undan talab qilinayotganini qilishi kerak. Siz u bilan va usiz o'ynaganda farqni sezasiz".

Oblak - "Atletiko" etakchisi!

"Men o'zimni anchadan buyon "Atletiko" etakchisi sifatida his qilyapman, men doim bor kuchimni maydonda beraman, agar nimadir o'xshamayotgan bo'lsa, men o'z etirozlarimni kiyim almashtirish xonasida bildirishdan tortinmayman".

Messi yoki Ronaldu?

"Messi aqlbovar qilmaydigan ishlarni qiladi, u jarima maydonchasi ichida to'pni egallab, butun maydonni bosib o'tib, gol urishi mumkin. Krishtianu ham ajoyib, u va Messi - men qachondir uchratgan eng kuchli ikki o'yinchidir".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика