Oblak: "Atletiko" "Real"ga yutqazishga loyiq emasdi. Biz unchalik yomon o'ynamadik"
19 sen 2022 15:00
Yangiliklar
Oblak: "Atletiko" "Real"ga yutqazishga loyiq emasdi. Biz unchalik yomon o'ynamadik"
Yan Oblak "Real"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Biz derbida mag'lub bo'ldik, bu juda muhim o'yin edi. Ammo biz unchalik yomon o'ynamadik.
Mag'lubiyatga loyiq emasdik. Raqib o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi, biz esa yo'q. Mag'lub bo'lganingizda, his-tuyg'ular har doim yomon bo'ladi. Xafamiz.
"Real" oxirgi paytlarda juda yaxshi himoyalanmoqda. Ularning hujum chizig'ida qarshi hujumda yaxshi harakatlana oladigan tezkor o'yinchilar bor. Mahoratli yarim himoyachilar ularni aniq pas bilan taminlashadi.
To'liq 90 daqiqa hujum qilish qiyin, chunki raqibda tezkor futbolchilar talaygina. Agar siz ochiq o'yin namoyish etsangiz, ular yanada ko'proq gol urishlari mumkin. Mag'lubiyatdan xafaman", – dedi "Atletiko" posboni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar