So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  80 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Obid Jo'raboev: “Hamjihatlik evaziga g'alaba qozonmoqdamiz” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Hamjihatlik evaziga g'alaba qozonmoqdamiz”

Pro-liganing 20-turida “Dinamo” klubi Samarqandda “Olimpik” klubini qabul qildi.

SHiddatli va qiziqarli kechgan uchrashuvda maydon egalari 5:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng “Dinamo”ning tajribali futbolchisi Obid Jo'raboevning fikrlariga quloq tutdik. 

- “Dinamo” jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondi", - deya gap boshladi Jo'raboev. Bu o'yinda g'alaba qozonmasak, vazifamizni o'zimiz birmuncha qiyinlashtirib olardik. Superligada ishtirok etishni juda istaymiz va shu yo'lda ahillik bilan harakat qildik. Raqibni yaxshilab o'rganib chiqdik, ularga qarshi avvalgi o'yinlarda yo'l qo'ygan xatolarimizni tahlil qildik. O'yin davomida harakter ko'rsatdik. Eng muhimi, tajriba baribir o'z so'zini aytdi. 

- Klubning muvaffaqiyatli odimlanishining siri nimada?

- Samarqandda hamjihatlik va ahillik birinchi o'rinda turadi. Bizning klubda moliyaviy holat juda katta bo'lmasa-da, ichki muhit ancha yaxshi. Tarkibimizdagi yigitlar bir-birlarini hurmat qiladi. Mashg'ulotlar va o'yin davomida ham aynan shu birlashib to'p tepishimiz samarasi bilan natijalarimiz yaxshilandi. Bosh murabbiyimiz ham shu jihatimizga alohida to'xtalib o'tadi. Yaxshi sharoitlar yaratilgan, bunday vaqtda natijani ijobiy qilmasak, muxlislarimiz va raxbariyat oldida uyatli holatga tushib qolamiz.

- Mazkur g'alabadan keyin Superligaga yo'llanma olish vazifasi deyarli bajarildimi?

- Darhaqiqat, “Olimpik” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Superligaga chiqish imkoniyatimizni yaxshilab oldik.  Keyingi turda “Neftchi”ga qarshi o'ynaymiz. Farg'onada qanday natija ko'rsatishimizdan qatiy nazar, biz imkoniyatimizni yaxshilab olganmiz va yo'llanmaga ega bo'lish imkoniyatimiz yuqorilandi deb o'ylayman. Bu bilan jamoa bo'shashib ketmasligi uchun o'ynaydi. Muxlislarimizni yanada xursand qilish uchun so'nggi turlarga qadar astoydil mehnat qilmoqchimiz.  

- “Dinamo” mavsum boshida ko'p ochkolarni boy berdi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- To'g'ri, mavsum boshida ko'p ochkolarni yo'qotdik. CHunki tarkibimizning deyarli 95 foizi yangilandi. Yangi kelib qo'shilganlarning muhitga moslashib ketishi, murabbiyning taktik sxemalariga tushishi uchun malum muddat kerak bo'ladi. CHempionat esa bunga qarab turmaydi. O'z maydonimizda ham keragidan ortiq ochkolarni boy berdik. Keyinchalik bosqichma-bosqich o'yin uslubimiz joyiga tushdi. Mavsumning muhim pallasiga etib kelgan vaqtimizda, natijalarimiz ham yaxshilandi, kerakli bo'lgan ochkolar qo'lga kiritilmoqda. Asosiysi, tanlagan yo'limiz o'zini to'liq oqladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика