Obid Jo'raboev: "Durang natijaga mos o'yin bo'ldi"
08 apr 2024 22:44
Yangiliklar
Obid Jo'raboev: "Durang natijaga mos o'yin bo'ldi"
Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa azosi Obid Jo'raboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- Har ikki jamoa yaxshi harakat qildi. Jamoamiz uzoq yo'l bosib kelgani bois ozroq qiyinchilikka duch keldi. Yutishimiz ham mumkin edi. Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi. Durang natijaga mos o'yin bo'ldi deb o'ylayman.
- Qizil kartochkaga munosabatingiz?
- Ochig'i vaziyatni unchalik tushunmay qoldim. SHahzod Turopov raqibga nisbatan noto'g'ri harakat qilganini aytishdi. Buni ko'rib chiqishadi. Futbolchilar keyingi o'yinlarda bugungi holatdan xulosa qilishlari kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar