OAV: Koutino "Barselona"da 7-raqamni olmaydi
10 jan 2018 12:42
Yangiliklar
OAV: Koutino "Barselona"da 7-raqamni olmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yangi klubida mish-mishlarda aytilganidek 7-raqamda o'ynamaydi.
Catalunya Ràdio taqdim etgan malumotga ko'ra, braziliyalik Kataloniya klubida 14-raqam ostida to'p tepadi. Ushbu raqamning amaldagi egasi Xaver Maskerano hisoblanadi. Argentinalik futbolchi yanvardagi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq xorij nashrlari Koutino 7-raqamda o'ynashini taxmin qilishgan edi. Ushbu raqam egasi Arda Turan "Istanbul Buyukshexir" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar