So’nggi yangiliklar

13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   6 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8

"Nyuport Kaunti" - "Tottenxem" uchrashuvidagi 7ta qiziq vaziyat Yangiliklar

"Nyuport Kaunti" - "Tottenxem" uchrashuvidagi 7ta qiziq vaziyat

27 yanvar kuni "Tottenxem" Angliya Kubogi doirasida mamlakatning to'rtinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Nyuport Kaunti" mehmoni bo'ldi.

"Rodni Pered" stadionida o'tgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi va javob uchrashuvi "Uembli"da o'tkaziladigan bo'ldi.

Etiboringizga ushbu uchrashuvdagi 7ta qiziq vaziyatni taqdim etamiz


DRON

Uchrashuv paytida zaxira hakami o'yinga xavf soluvchi bir narsani ko'rib qoldi. O'sha zaxoti bahs to'xtatildi va bosh hakam stadion ustidagi dronga etibor qaratdi. Ushbu uchar apparat faqat suratga olish uchun mo'ljallanganiga ishonch hosil qilgan referi bahsni davom ettirishga ruxsat berdi.


"Rodni Pered" uzra pushti bulutlar

O'yin boshlanishidan avval osmonni bulut qopladi. Bulutlar odatiy rangda emas edi. Bu ko'rinish xuddi qo'rqinchli filmlarda sodir bo'ladigan sahnalarga o'xshab ketardi.


Ular 58 yildan so'ng yana to'qnash kelishdi

"SHporlar" va "Nyuport Kaunti" o'rtasidagi avvalgi bahs 1960 yilning 9 yanvarida Angliya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan edi. O'shanda Bill Nikolsonning "Tottenxemi" 4:0 hisobida g'alabaga erishgan.

"SHporlar"ning "Tvitter"dagi sahifasi ham ushbu bahs haqida to'xtalib o'tdi.


Stadionga sig'magan muxlislar

Uchrashuvga mezbonlik qilgan "Rodni Pered" arenasi regbi bahslari paytida 8700, futbol o'yinlarida esa 7850 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. "Tottenxem" kelishini eshitgan "Nyuport Kaunti" ishqibozlari arenani to'ldirishdi. O'yinni stadiondan ko'rish uchun chipta ololmagan muxlislar, bahsni qurilish ishlari uchun ishlatiladigan havozalar ustida yoki uylarning derazasidan tomosha qilishdi.



"Nyuport" ishqibozlari "Arsenal"cha ish tutishdi

"Nyuport" muxlislari raqib jamoa futbolchilariga yoqmaydigan qo'shiqni kuylashdi. Ular "Arsenal"ning "shporlar" ustidan kuladigan baqiriqlaridan foydalanib, mehmonlarning jahlini chiqarishga urinib ko'rishdi.


Uels terma jamoasi ustozi

"Nyuport Kaunti" Uels mamlakatida joylashgan klub hisoblanadi. Ushbu bahsni tomosha qilish uchun Uels terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Rayan Giggz ham tashrif buyurdi. U tribunadagi eng mashhur inson edi.


"Nyuport"ning g'alati ishqibozlari

O'yinni televizor yoki internetda kuzatgan muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda "Nyuport Kaunti" stadionidagi g'alati muxlislar haqida xabar qoldirishdi. Ushbu postlarda o'yinga mashhur WikiLeaks asoschichi Julian Assanj tashrif buyurgani aytilgan.

Julian Assanj 5,5 yildan beri Londondagi Ekuador elchixonasida yashaydi, bazilarning fikricha, Assanj ushbu bahsni ko'rish uchun elchixonani tark etgan.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика