“Nyuells Old Boyz” Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga tayyor
02 apr 2023 07:13
Yangiliklar
“Nyuells Old Boyz” Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga tayyor
“Nyuells Old Boyz” vice-prezidenti Pablo Allegri PSJ hujumchisi Lionel Messining klubga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Biz Messini Nyuellsga olib kelishga 100% tayyormiz. Bu hammaning orzusi.Uni kelishini nafaqat Argentina, balki Lotin Amerika futbol muxlislari istashadi. Agar Messi kelsa, “Nyuells” qitaning eng mashhur jamoasiga aylanadi. Bu sodir bo'ladimi yoki yo'qmi, vaqt ko'rsatadi. Biz uni qancha vaqt kerak bo'lsa, kutamiz”, — dedi Allegri.
Messi “Nyuells Old Boyz” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining o'zi ham bir necha bor faoliyatini “Nyuells Old Boyz”da yakunlash istagi borligini takidlagan.
35 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar