So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  4 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  15 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

Nurlibek Talasboev: “Quvasoylik muxlislar jamoani sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlamoqda” Yangiliklar

Nurlibek Talasboev: “Quvasoylik muxlislar jamoani sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlamoqda”

Kecha birinchi liganing 7-tur o'yinlariga start berildi. Abdumalik Hakimov boshqaruvidagi “Cementchi” jamoasi safarda “G'ijduvon” bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng quvasoyliklar hujumchisi Nurlibek Talasboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Malumot uchun aytish kerakki, ushbu iqtidorli futbolchi qoraqalpog'istonlik bo'lib, 1994 yilda tavallud topgan. Bungacha asosan “Orol” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Kechagi uchrashuvda Talasboev o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga erishdi.

- Ochig'ini aytganda, bugungi uchrashuvda jamoamiz favorit edi. SHu bois maydonga faqat g'alabani ko'zlagan xolda chiqqandik. Yaratganga shukur, maqsadimizga erishdik. Endi bor etiborimizni keyingi o'yinga qaratamiz. Oldinda bizni “Nurafshon”ga qarshi jiddiy o'yin kutib turibdi. Imkon qadar bo'lajak bahsda ham muxlislarimizni xursand qilishga xarakat qilamiz.

- “G'ijduvon” darvozasiga kiritgan to'pim jamoamga foyda keltirganidan xursandman. Bu erda ham murabbiylar meni hujum chizig'ida o'ynatmoqda. O'zingizga yaxshi malum, oldingi chiziq vakilidan faqat gol urish talab etiladi.

- “Cementchi”ga moslashish jarayoni uzoq davom etmadi. Aksincha yigitlar meni yaxshi qabul qildi va qisqa fursat ichida jamoaga kirishib keta oldim deb o'ylayman. “Cementchi”da yaxshi kollektiv yig'ilgan deya olaman.

- Jamoaga yaratib berilayotgan sharoitlar qoniqarli darajada. Buning uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirsak arziydi. Ular futbolchilarga qo'ldan kelganicha sharoitlarni yaxshilab bormoqda. Faqat o'ynash kerak.

- Bemalol ayta olamanki, vodiyda xalq futbolni juda sevadi. Quvasoylik ishqibozlar borasida ham iliq fikrdaman. Ular jamoani sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlamoqda. Bu esa tabiiyki biz futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.


Islombek Rustambekov.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика