So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Nurillo To'xtasinov: "Vadim Abramov o'yindan oldin "Paxtakor" chempionlikni bizning maydonda nishonlashiga yo'l qo'ymasligimizni aytdi" Yangiliklar

Nurillo To'xtasinov: "Vadim Abramov o'yindan oldin "Paxtakor" chempionlikni bizning maydonda nishonlashiga yo'l qo'ymasligimizni aytdi"

Coca Cola Superliganing 18-turdan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvida "Bunyodkor" "Paxtakor"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur uchrashuvda mezbonlarning ikki goliga Nurillo To'xtasinov mualliflik qildi va bahs qahramoni bo'ldi. O'yindan so'ng yarim himoyachiga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuvdan oldin aksariyat futbol ishqibozlari "Paxtakor"ning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Ammo, "Bunyodkor" bu taxminlarni yo'qqa chiqardi va kuchli raqib ustidan g'alaba qozondi...

-  Tabrik uchun rahmat. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Vadim Abramov bizga  o'zimizning o'yinni o'ynasak va o'z kuchimizga ishonsak g'alaba qozonishimiz , biz bu jamoani o'tgan yili ham yutganmiz bu yil ham yutishimiz mumkinligini takidladi.  

- Bu yil o'yiningizda katta o'sish kuzatildi. Uzoq masofadan ajoyib gollar urmoqdasiz. Bularning bari mashg'ulotlar  samarasimi?

- Albatta, mashg'ulotlarda ham uzoq masofadan ko'p zarba berish ustida ishlaymiz. Qaysidir manoda murabbiyimizning ko'rsatmasi sabab deyishim ham mumkin. Ko'proq markazda harakat qilib zarba yo'llashimni talab qiladilar.

- "Bunyodkor" joriy mavsumda etakchi jamoalarga qarshi ikki hissa kuch bilan to'p tepayotganini ko'rmoqdamiz...

- Vadim Karlenovich "Paxtakor" bizning maydondan chempion sifatida chiqib ketmasligini tushuntirdi. Jamoadagi barcha futbolchilar bor kuchi bilan to'p tepdi. 


- Jamoada nazariy jihatdan sovrinli o'rinlar uchun imkoniyat saqlanib qolingan. SHuningdek O'zbekiston kubogi ham oldinda kutib turibdi...

- Xudo xohlasa O'zbekiston kubogida yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. 

- Kecha uchrashuvda futbol muhitini yaratishda muxlislar ham katta hissa qo'shishdi. Menimcha, bu yil "Bunyodkor" stadionida bunday hissiyotlar, vaziyatlarga boy o'yin hali bo'lmagan edi...

- Ha, muxlislarimizga shunchalik kelib bizni qo'llab-quvvatlashgani uchun raxmat aytib qolaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика