So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Nukusda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga bag'ishlangan konferenciya bo'lib o'tdi Yangiliklar

Nukusda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga bag'ishlangan konferenciya bo'lib o'tdi

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga bag'ishlangan III Konferenciya bo'lib o'tdi.

Mazkur Konferenciyada OFK instruktori, O'zbekiston futbol federaciyasining bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i SH. Imomov, Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti V. Nazarov, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari hamda  xalq talimi vazirliklari vakillari, futbol federaciyasi xodimlari, faxriy futbolchilar, bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol bo'yicha murabbiylari va uslubchilari, jami 100 nafardan ziyod kishi  ishtirok etdi.


Tadbirda OFK instruktori, O'zbekiston futbol federaciyasining bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i SH. Imomovning “Professional futbolni rivojlantirishda bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolning o'rni va ahamiyati”,  “Futboli rivojlangan davlatlarda iqtidorli yoshlar(zaxira)ni tayyorlash tajribasi”, Qoraqalpog'iston  Respublikasi futbol federaciyasining murabbiylar faoliyati bo'yicha mutaxassisi O. Jalimovning “Futbolchilarni tayyorlashda murabbiyning o'rni”,  “Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish tahlili”, Qoraqalpog'iston  Respublikasi xalq talimi vazirligi “Yoshlik” sport jamiyatining mutaxassisi B. Ismoilovning “BO'SMlarning yosh futbolchilarni tayyorlashdagi mohiyati va maqsadi”,  Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi mutaxassisi K. Asanovning “Murabbiylarni attestaciyadan o'tkazish ahamiyati” singari maruzalari tinglandi. O'z navbatida qoraqalpog'istonlik bir guruh murabbiylarga O'zbekiston futbol federaciyasining sertifikatlari topshirildi.


Konferenciya doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasining murabbiylar kengashi azolari K. Sadirov va A. Arzimovlarning 2016 yilgi “Bolalar ligasi” yakunlariga bag'ishlagan hisobotlari ham eshitildi.

Buning barobarida,  “Bolalar ligasi”ning nominaciyalar  bo'yicha g'oliblari taqdirlandi.    Zero, 2016 yilgi “Bolalar ligasi”ning “ENG YAXSHI MURABBIYI” nomiga Xo'jayli tumanidagi 1-son BO'SM murabbiyi Jolgas Nurjanov loyiq ko'rildi. “Bolalar ligasi”ning “ENG YAXSHI FUTBOLCHISI” deb To'rtko'l tumanidagi BO'SM tarbiyalanuvchisi, 2002 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Jumagan Ordabaev topildi.

Konferenciya yakunida, Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti V. Nazarov so'zga chiqib, ushbu tadbir kelgusida ko'zlagan maqsadlarga erishishda omil vazifasini o'tashiga ishonch bildirdi.


I. XUDOYBERGANOV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика