Nozim Mullaoxunov: “UzDongJu” muxlislar uchun o'ynaydi”
03 apr 2014 19:38
Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “UzDongJu” muxlislar uchun o'ynaydi”
Birinchi liganing 1-turidan o'rin olgan "UzDongJu" - "Lokomotiv BFK" (1:2) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
Nozim Mullaoxunov: - O'yin kutilganidan ham og'ir bo'lib o'tdi. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga tushamiz. “UzDongJu” jamoasi muxlislar uchun o'ynaydi. Bizga hech qanday bosim o'z tasirini o'tkaza olmaydi. “Qo'qon-1912”ga qarshi o'tkazilgan kubok uchrashuvida shogirdlarim katta kuch bilan harakatlanganliklari bois, bugungi o'yinda ularda charchoq alomatlari sezilib qoldi. Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga katta rahmat aytaman. Men jamoamga ishonaman. Kiritilgan avtogollar hech nimani hal qilmaydi. Keyingi o'yinlarda ochkolar olib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Mening eng asosiy vazifam yoshlarni tarbiyalash. Maqsadimiz shu yoshlardan kurashuvchan jamoani shakllantirishdan iborat.
- Bugungi g'alaba bilan “Lokomotiv BFK” jamoasini tabriklayman.
Komiljon Ikromov yozib oldi.

Fikrlar