Nozim Mullaoxunov: “Bunyodkor-2”ga qarshi o'yin ham oson o'tmadi”
15 apr 2014 10:07
Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “Bunyodkor-2”ga qarshi o'yin ham oson o'tmadi”
Kecha birinchi liganing 4-tur doirasidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Andijonning “O'zDongJu” klubi dushanba oqshomida Toshkentning “Bunyodkor-2” jamoasini qabul qilib 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'yindan so'ng mezbonlar ustozi saytimiz uchun maxsus intervyu berdi.
- Bilasizmi, uchrashuvdan oldin “Bunyodkor-2”ning o'yinini yaxshilab o'rganib chiqqandik - deya gap boshladi Nozim Mullaoxunov. - Toshkentliklar o'tgan turda Qo'qonda durang qayd etgani bejiz emas albatta. Ularning aynan mazkur o'tkazgan bahsini ko'rib chiqib shunga monand taktika tanladik.
- “Bunyodkor” shunday klubki uning yoshlar jamoasi va umuman bu klubning o'z o'yin uslubiga ega. Akademiyadagi jamoalar ham oliy liga klubining o'yin uslubidan foydalanishadi. Hammasining yo'li bir. SHu bois “Bunyodkor” va undan tashqari mamlakatimizning yana bir ajoyib klublaridan biri “Paxtakor”ni biz doimo hurmat qilamiz va ularga havas qilamiz. Bunday jamoalarga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rmasang juda qiyin bo'ladi.
- “Bunyodkor-2”ning tarkibi yoshlardan tashkil topgan bo'lishiga qaramay jamoaning o'yini menga yoqdi. Ularning tarkibida yoshlar terma jamoasiga nomzod bo'lgan bir qator o'yinchilar bor.
- Albatta bugungi uchrashuv ham oson kechmadi. Ayniqsa etakchi o'yinchimiz Damir Jamoliddinovning birinchi bo'limdayoq jiddiy jarohat olib maydonni tark etishi bizni juda havotirga solgandi. Lekin uning o'rniga tushgan umidli o'yinchimiz Salohiddin Salohiddinov markazda Jamoliddinovning o'rnini bilintirmaslikka harakat qildi va uning maydondan bajargan ishidan ko'nglim to'ldi.
- Men doimo aytib kelganman futbol bu – muxlislar uchun! Ishqibozlarimiz o'yinimizga yuqori baho berayotgan ekan demak to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Biz har bir uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz va mazmunli o'yinlar bilan tomoshibanlarni xushnud etishga bor kuchni sarflaymiz.
- Jamoamiz erishayotgan muvaffaqiyatlar bu birgina mening yoki futbolchilarning xizmati bilan emas. Bunda butun jamoaning hissasi bor. Fursatdan foydalanib klubimiz rahbarlariga shaxsan Zafar Ahmedovich Zulunovga bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa Sardorbek Latipovga katta rahmat. Har bir uy o'yinimizda stadionda katta ishlarni amalga oshirayotgan tashkilotchi hodimlarga ham katta rahmat deb qolaman.
- Hozir endi oldimizda 10 kunlik tanaffus turibdi. Bu vaqt davomida kerakli xulosalarga chiqarib, kamchiliklar ustida ishlaymiz. Kelasi 2 turni safarda o'tkazamiz. “Kosonsoy” va “Xotira-79” jamoalariga qarshi kechadigan bahslar ham biz uchun oson o'tmasligini hozirdan yaxshi tushunib turibmiz. Bu ikki o'yinda eng kamida 3 ochko olishni rejalashtirib turibmiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar