“Nottingem Forest” navbatdagi transferga juda yaqin
28 avg 2022 08:55
Yangiliklar
“Nottingem Forest” navbatdagi transferga juda yaqin
“Atletiko” himoyachisi Renan Lodi tez orada “Nottingem Forest” azosiga aylanadi.
Nikolo Skiraning xabar berishicha, inglizlar 24 yoshli braziliyalikning ijarasi uchun Madrid klubiga 5 mln evro to'laydi. Bitimga ko'ra, futbolchini 30 mln evroga to'la sotib olish bandi ham kiritilgan.
“O'rmonchilar” Lodi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishishi qolgan.
Eslatib o'tamiz, Lodi – “Atletiko Paranaense” tarbiyalanuvchisi. U 2019 yil “matraschilar” azosiga aylangan va jamoa libosida 118 bahsda qatnashib, 6+11 natija ko'rsatgandi.
Avvalroq, “Nottingem Forest” yozdagi 19-transferga yaqinligi va “Vilyarreal” himoyachisi Serj Oreni erkin agent sifatida qo'lga kiritayotgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar