So’nggi yangiliklar

09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  0 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  10 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  13 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7

Norasmiy voha derbisida kuchlar teng keldi Yangiliklar

Norasmiy voha derbisida kuchlar teng keldi

Teglar :  MashalNasaf
Bugun “Nasaf” jamoamiz yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, Muborakning “Mashl” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Nazorat uchrashuvi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning boshida jamoamiz tezkor gol kiritishga erishdi. 3-daqiqada tashkil etilgan hujumda Dilshod Rahmatullaev chamasi 20 metrlardan darvozaga kuchli zarba yo'lladi. To'p Botir Nosirov qo'riqlayotgan darvoza to'ridan joy oldi – 1:0.

Birinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida jamoamiz hisobda ham maydonda ham ustunlik qilishdi. Ammo keyingi daqiqalarda mehmonlar o'yini ancha jonlandi endi ular ko'proq hujum tashkil qilishga erishdilar. Ana shunday vaziyatlarning biri golga aylandi. Himoyachilarimizning tartibsiz harakatidan unumli foydalangan Humoyun Murtazoev yaqin masofadan darvozamizga gol kiritdi – 1:1.

Bu hisobdan keyin yana “Nasaf” tashabbusni o'z qo'liga oldi. Futbolchilarimiz hujumkor o'yin namoyish etishdi. Bu orqali ular hisobni oshirish imkoniga ham ega bo'lishdi. 28-daqiqada Bobir Abduxoliqovni jamoadoshlari darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishdi. Afsuski, bunda Abduxoliqov yaqin masofadan gol ura olmadi. Uning darvozaga tepgan to'pi noaniq yo'nalish oldi. Yana bir vaziyatda Jasur Hasanov jarima maydonchasining o'ng tomonidan darvozaga havodan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Bugungi uchrashuv nazorat uchrashuvi maqomida bo'lsada, murosasiz kurashlarga boy tarzda davom etdi. Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar o'z jamoalari tarkibida bir necha o'zgarishlarga qo'l urishdi. Albatta bu o'yinga ham sezilarli tasir ko'rsatdi.

Takidlash joizki, ikkinchi bo'limda “ajdarlar” hujumkor o'yin namoyish etishdi. Natijada mehmonlar darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishdi.

Ammo mehmonlar 65-daqiqada hisobda oldinga o'tib olishdi. “Mashal” jamoasining uchrashuvdagi ikkinchi golini Sardor Abduraimov kiritdi – 1:2.

Uchrashuvning 77-daqiqasida SHaxboz Erkinov hisobni tenglashtirdi. Bunda Dilshod Saitov o'ng qanotdan jarima maydonchaga tezlik bilan kirib keldi va to'pni Erkinovga oshirib berdi. SH.Erkinov engil zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 2:2. Bu hisobdan keyin ham futbolchilarimizda gol urish ko'plab imkoniyatlar bo'ldi.

SHunday qilib, nazorat uchrashuvi bo'lsada, murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tgan norasmiy voha derbisida kuchlar teng keldi.

 

Nazorat uchrashuvi

“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak) 2:2  (1:1)

30.08.2017. “Markaziy” stadioni. 18:30da

Hakamlar:
Komiljon Rasulov, Artyom Kalinin, Farhod Usmonov (barchasi Qarshidan)

Nazoratchi: Asror Xo'jaev (Qarshi).

Gol: Dilshod Rahmatullaev, 3’-1:0, SHaxboz Erkinov, 77’-2:2 – Humoyun Murtazoev, 17’-1:1, Sardor Abduraimov, 65’-1:2

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov (1.Umidjon Ergashev 74), 4.Maqsud Karimov (s) (5.G'olib G'aybullaev 64), 7.Odil Hamrobekov (2.Akmal Mozgovoy 90), 10.Dilshod Rahmatullaev (8.Sirojiddin Qo'ziev 80), 14.SHarof Muhitdinov (92.Umarbek Eshmurodov 46), 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov (34.SHerzod Nasrullaev 57), 38.Doniyor Narzullaev (27.Dilshod Saitov 64), 45.Bobir Abduxoliqov (15.SHaxboz Erkinov 46), 77.Jasur Hasanov (20.Islom Kenjaboev 46).

Zaxira: 6.Jo'rabek Mannonov.

“Mashal”: 30.Botir Nosirov, 2.Iskandar SHoyqulov, 31.Igor Tymanyuk, 44.Asiljon Begimqulov, 18.Abbos SHodmonov (s), 6.Sardor Abduraimov, 13.SHahzod SHaymanov, 27.Nikita Pavlenko, 77.Abdulloh Olimov, 10.Humoyun Murtazoev, 23.Kenja To'raev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 53.Rahimjon Davronov, 8.Mirzakamol Kamolov, 55.Avaz Agaliev, 19.Zohir Qo'ziboev, 11. Tomoki Muramatsu.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика