So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

No'mon Hasanov yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Istefo? Bunga tayyorman" Yangiliklar

No'mon Hasanov yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Istefo? Bunga tayyorman"

"Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi No'mon Hasanov AGMKga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:7) jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Futbolchilik faoliyatimda ham, murabbiylikda ham bunchalik yirik hisobda yutqazmaganman. AGMK jamoasini tabriklayman, ular haqli ravishda yutishdi", - deb so'z boshladi Hasanov.

-Jamoa avvalgi turlarda yaxshi, kurashuvchan o'yin namoyish etgandi. Bugun esa jamoa bo'shashdi. Murabbiy sifatida bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- "Andijon"ga qarshi o'yinimiz chiqmadi. SHuning uchun tarkibni o'zgartirib, yosh futbolchilarga imkon bergandim. Haqiqatdan ham avvalgi turlarda namoyish etgan o'yinimiz bugun bo'lmadi. Maydondan chetlatilgan futbolchimiz ichkarida yig'lab o'tiribdi. 

-Penalti belgilangan vaziyatda maydonga tushib ketdingiz. Aynan nimadan norozi bo'ldingiz?

-O'sha vaqtda futbolchimizni yupatmoqchi edim. Vaziyatni yumshatmoqchi edim. O'sha vaziyatda yigitlarimiz qizisha boshlashgandi. Agar yana qizil kartochka oladigan bo'lsak bu juda yomon bo'lardi. CHunki, zaxira o'rindig'imiz ham u qadar katta emas.


-Uchta turdan so'ng hali g'alaba qozonmadingiz. Bundan tashqari, bugungi hisob sizning istefoingizga tasir qilmasmikin?

-Men tayyorman. Aytib o'tganimdek, ilk marotaba bunday mag'lub bo'ldim. SHuning uchun, bunday vaziyatlarga men tayyorman. Mening o'rnimda boshqa murabbiy bo'lganida ham shunday fikr bildirgan bo'lardi deb o'ylayman. 


-Bugungi natijadan so'ng muxlislarga nima deya olasiz?

-Muxlislardan uzr so'raymiz. CHunki, "Qo'qon-1912" xech qachon yutqazmagan. Biz jamoaga befarq bo'lmagan barchadan kechirim so'raymiz. Uzoq yo'l bosib kelib, bizni qo'llab-quvvatlagani kelishgandi.

Reyting: +30   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика