So’nggi yangiliklar

09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  0 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  9 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46

No'mon Hasanov: "Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik"

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (4:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" jamoasi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

"Bugun har ikkala jamoa yaxshi va tomoshabop o'yin ko'rsatishdi. Ob-Havo ham qulay kelganligi sababli futbolchilar chiroyli o'ynashdi. "Qo'qon-1912" jamoasining o'yini menga yoqdi. Futbolchilarimning harakatlaridan ham ko'nglim to'ldi. Bugungi g'alaba uchun ularga rahmat aytaman. Arleksandr Merzlyakovning kichik jarohati borligi sabab ikkinch bo'limda uni almashtirdik. SHu bois Andreevni himoyaga qo'ydik. O'tkazib yuborilgan golda Jaloliddin Masharipovning to'p uzatishidan so'ng raqib futbolchisi to'pni ilib ketdi. Endi hamma ham adashadi. Futbolni xatosiz o'ynab bo'lmaydi. Kozak o'yindan-O'yinga yaxshi taassurot qoldirmoqda. Vladimir Kozakning kuchli zarba ega ekanligini bilamiz. Biz uning bu sifatlaridan to'liq foydalanish maqsadida Kozakni keyingi o'yinlarda Maxaradzening o'rniga qo'ymoqchimiz. Maxaradze esa sal orqaroqda o'ynaydi. CHunki Kaxi himoyachilardan to'pni olib, hujumlarni boshlashda ancha kuchli hisoblanadi. Masharipovga keladigan bo'lsak, Jalol juda yuqori texnikaga ega futbolchi. So'nggi paytlarda uning o'yinida o'sish biroz to'xtab qoldi. CHunki Masharipov ko'p zaxirada qolib ketmoqda. Biz unga imkon qadar ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Masharipov nafaqat oldinda, balki orqaga himoyachilarga ko'maklashishi ham kerak. Kelajakda undan yaxshi futbolchi chiqadi. Buning uchun mashg'ulotlarda ishlash kerak. "Paxtakor" har doim o'z oldiga chempionlik vazifasini qo'yadi. Hozirda tarkibimizda bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud. Agarda jarohatlardan qutilsak, har bir poziciyada ikkitadan futbolchiga ega bo'lardik", - dedi No'mon Hasanov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика