So’nggi yangiliklar

12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  0 12:04U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташлаш маросими бошланди   1 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  3 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  25 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  3 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  18 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  175 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4

No'mon Hasanov: "Gol urgach hisobni saqlab qolishga harakat qildik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Gol urgach hisobni saqlab qolishga harakat qildik"

"Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida No'mon Hasanov qatnashdi.
"O'yin juda ham qiyin kechdi. Futbolchilar qo'ldan kegancha harakat qilishdi. Bizga g'alaba zarur edi. Muxlislar qo'llab quvvatlashi. Yigitlarning bor kuchi bilan o'ynashi menga yoqdi. Hali kurashni davom ettiramiz", - deydi Hasanov.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Biroq qiyin o'yinda g'alaba qozonish ikki karra yoqimli. Birinchi bo'limda o'z futbolimizni ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda esa himoyada o'ynadik. Barcha jamoadoshlarimga oxirigacha kurashgani uchun rahmat aytaman", - deydi Sergeev.

- Raqib o'yinida sizni nima hayron qoldirdi?

- Jamoa jismonan kuchli ekani ko'rinib turgandi. Ularda mavsum ayni qizg'in pallada. Bizda esa mavsum endi boshlandi. Raqibga gol urishga imkon bermadik.

- "Traktorsozi" himoyachilari juda qo'pol o'ynashdi. Faoliyatingizda eng qo'pol raqibmi?

Igor Sergeev: - Yo'q. Barcha o'yinlarda raqib himoyachilari tepadi, uradi, tishlaydi. SHunchaki "Traktorsozi" himoyachilari buni ochiqchasiga qilishadi, boshqalar esa imkon qadar bilintirmay. SHu bois sizlarga ko'rinmaydi. Aslida har bir himoyachi shunday harakat qiladi. Bugun menga nisbatan qo'pol o'ynashdi deya olmayman. Bu futbol to'qnashuvlar bo'lib turadi.

- Ikkinchi bo'limda Iskanderov va Karimov hujumga o'tish o'rniga to'pni orqaga qaytarishdi. Bu sizning ko'rsatmangizmi?
- Hisobni ochib olgandan so'ng biz g'alabani saqlab qolishga harakat qildik. SHu bois ikkinchi bo'limda asosan himoyada o'ynashga majbur bo'ldik.

- Oybek Qilichev jamoaga kirishib keta olmagandek tuyulmoqda...
- To'g'ri, lekin uni tushirishga majbur edim. Zaxira o'rindig'imiz u qadar uzun emas. Qilichev hali o'ziga keladi.

- Bugun ikkinchi bo'limda hisobni saqlab qolish uchun o'ynadik dedingiz. Agar Eronda ham birinchi bo'lib to'p kiritsanglar u erda ham chiroyli bo'lmagan, himoyaviy o'yin ko'rsatib natijaga erishishga harakat qilasizmi?

- Bu o'yingacha hali ko'p vaqt bor. Biz bugun ikkinchi bo'limda charchab qoldik, buni tan olaman. Sababi mavsum boshi va futbolchilar hali tayyor emas. Erondagi bahsda balki yigitlarim yaxshiroq holatda bo'lishar.

- Bu savolni o'tgan yili ham bergandim, o'shanda javob bera olmagandingiz. Siz juda qiyin gollar urasiz, lekin oddiy vaziyatda gol ura olmaysiz?

Igor Sergeev: - Nega oddiy vaziyatlarda ham gol urishni boshladim. Lekin bazi vaziyatlarda o'zimni bo'sh qo'yarman, lekin baribir oxirigacha kurashaman. Mehnat qilishga davom etaman.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика