So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  0 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

No'mon Hasanov: “Bugungi g'alabada qizil kartochka muhim ahamiyat kasb etdi” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Bugungi g'alabada qizil kartochka muhim ahamiyat kasb etdi”

Superliga 2-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov va etakchi o'yinlarimizdan biri Javohir Sidiqovlar ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: - Oldingi turda Buxoroda mag'lubiyatga uchragan edik. O'sha bahsda ham yomon o'ynamadik. Lekin ikkinchi taymda gol o'tkazib yubordik. Bu safar ham garchi safarda to'p surgan bo'lsak-da, g'alaba qozona oldik. Bu hali hammasi emas. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ular bizni har doim qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo'lsam, yaxshi shakllangan jamoa. Tajribali futbolchilar bor “Qizilqum” safida. Navoiyliklarga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Xamid Aktamov yaxshi mutaxassis, o'ylamanki jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.

Bugungi g'alabadan qizil kartochka ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teng kuchli jamoalar o'rtasidagi bahsda bir kishi kam bo'lib qolish mag'lubiyat bilan tengdir.

Javohir Sidiqov: - CHiroyli o'yin bo'ldi. Muxlislar shiddatli bahsning guvohiga aylanishdi. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Boisi, bu jamoalar oldingi turda mag'lubiyatga uchrashgandi. Bizda g'alaba bo'lgan ishtiyoq kuchli edi. Jamoamiz hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Bugun ham ikkita hujumchi bilan maydonga tushdik va maksimal darajada to'p surishga harakat qildik. Lekin bu hali hammasi emas. Yaxshi o'yinlarimiz hali oldinda deb o'ylayman.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика