So’nggi yangiliklar

12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  1 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0

No'mon Hasanov: "Aslida Xolmuhammedov darvozaga zarba bermoqchi emasdi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Aslida Xolmuhammedov darvozaga zarba bermoqchi emasdi"

"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin bitta golgacha edi. Ikki jamoa durangga loyiq edi. Ikkita mag'lubiyatdan futbolchilarim xulosa chiqarib yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. Uzoq yo'l bosib Navoiyga kelgan muxlislarga rahmat deyman.

Olmaliqdagi o'yindan keyin istalgan murabbiy istefo so'rardi. Ammo rahbariyat meni jamoada qoldirishga qaror qildi. Men doim tayyorman, agar kuchli murabbiy olib kelib Qo'qonni kuchli jamoa qilsa tayyorman. Qo'qon futboli qanchalik ko'tarilsa xursand bo'laman.

Bugun darvozabonimiz Islom Abdullaev Superligada debyut qildi. U yaxshi o'ynadi deb o'ylayman. Birinchi taymda jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

Murod Xolmuhammedov jarima to'pi tepishdan oldin sheriklariga oshirmoqchi edi. Men esa darvozaga tepishini aytdim. Gol urgani uchun menga qarab yugurdi", - deydi No'mon Hasanov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика